Notani varoqdan o’qish

Ushbu majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Andijon davlat universiteti "Pedagogika" fakulteti Musiqa va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan bo'lib, Notani varoqdan o‘qish fanining VI semestr uchun o‘quv-uslubiy materiallarini o‘z ichiga oladi. Majmua bakalavr darajasidagi talabalar uchun mo‘ljallangan bo'lib, musiqa madaniyati o‘qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash maqsadini ko'zlaydi.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Notani varoqdan o'qish fanining mohiyati, maqsad va vazifalari tushuntiriladi. Fanning musiqa ta'limidagi o'rni va ahamiyati, shuningdek, dirijyorlik malakalarini oshirishdagi roli ko'rsatiladi.
  • Sol kaliti va nota bilan tanishish: Sol kalitining ko'rinishi, nechanchi chiziqda joylashishi bilan tanishiladi. Skripka kalitida yozilgan kuylarni notaga qarab o'qishga o'rgatiladi.
  • Murakkab o'lchovlarni o'rganish va murakkab o'lchovli kuylarni notaga qarab o'qish: Murakkab o'lchovlar (4/4, 6/4, 7/4, 3/8) kabi o'lchovlarni o'rganish va ushbu o'lchovlardagi kuylarni notaga qarab o'qish usullari ko'rsatiladi.
  • Dinamik belgilarni o'rganish va dinamik belgilariga ahamiyat berib notaga qarab o'qish: Forte, piano, dyuminendo, krishshendo, sfarsando, subito piano glissando kabi turli yunans belgularni o'rganish va notaga qarab o'qishga ahamiyat beriladi.
  • Al't kalitini o'rganish va al't kalitida yozilgan kuylarni notaga qarab o'qish: Al't kalitining ko'rinishi, xususiyatlari nechanchi chizig'da joylashishini o'rganiladi va al't kalitida yozilgan kuylarni barcha belgilariga qarab o'rganish usullari ko'rsatiladi. Dinamikasi va yunanslariga e'tibor qaratiladi.