Kimyodan masalalar yechishning ilmiy-ommabop usullari
Ushbu kitob kimyo fanini o'qitishda masalalarni yechishning turli usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda anorganik va organik kimyo masalalarini yechishning nazariy va amaliy jihatlari, ilmiy-ommabop usullari, dars jarayonida va mustaqil ta'limda masalalardan foydalanish metodikasi batafsil yoritilgan. Kitob o'qituvchilar va talabalar uchun qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.
Asosiy mavzular
- Kimyodan masalalar yechishning ilmiy-metodik asoslari: Ushbu bobda o'quvchilarning o'quv faoliyatini tashkil etishda masalalar yechishning roli, laboratoriya mashg'ulotlarida masalalarning ahamiyati, oddiy va murakkab masalalarni yechish usullari ko'rib chiqiladi.
- O'quvchilar ongiga masala yechish mohiyatini yetkazish va rivojlantirish: Ushbu bobda masalalar yechishda didaktik materiallardan foydalanish, AKTdan foydalanish, kimyodan bilimlar bellashuvi masalalari va olimpiada masalalari, yangi tipdagi masalalar va tadqiqot natijalaridan foydalanish usullari bayon etilgan.
- Murakkab tipdagi masalalar va ularni yechish usullari: Hozirgi kunda kimyo faninini o'qitishda masalalar yechishning o'rni va ahamiyati katta. Ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda akademik litseylarda tabiiy fanlarga yo'naltirilgan guruhlarda kimyodan masalalar yechishga alohida e'tibor qaratilishi lozim.