9-sinflarda kimyo o’qitishda test topshiriqlaridan foydalanish samaradorligi

Ushbu kitob umumta'lim maktablarining 9-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan kimyo darsligi bo'lib, kimyo fanining asosiy tushunchalari, qonunlari va nazariyalarini o'z ichiga oladi. Kitobda noorganik va organik kimyo elementlari, ularning xossalari, birikmalari va sanoatda qo'llanilishi kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kimyo kursining eng muhim mavzularini takrorlash: Atom tuzilishi nuqtai nazaridan kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni. Davr va guruhlarda elementlar xossalarining o'zgarishi. Kimyoviy bog'lanishning turlari: kovalent, ionli, metal, vodorod bog'lanishlar. Elementlar valent imkoniyatlari va ularning oksidlanish darajasi. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi. Metalmaslarga umumiy harakteristika.
  • Uglerod guruhi: Uglerod guruhidagi elementlarning umumiy tavsifi. Uglerodning elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni, atom tuzilishi uglerod allotropiyasi. Uning tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati. Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari. Uning eng muhim vodorodli va kislorodli birikmalari.
  • Kremniy: Kremniyning elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni, atom tuzilishi. Kremniyning tabiatda tarqalishi, olinishi, ishlatilishi va biologik ahamiyati. Kremniyning fizikaviy, kimyoviy xossalari. Uning eng muhim birikmalari.
  • Metallar: Metallar va metalmaslarga xos umumiylik va tafovutlar. Metallarning elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni va atom tuzilishi. Metallarning tabiatda tarqalishi, olinishi va ishlatilishi. Metallarning fizikaviy va kimyoviy xossalari.
  • Organik kimyo: To'yingan uglevodorodlarning molekulyar, elektron va tuzilish formulasi, xossalari. To'yingan uglevodorodlarning izomeriya hodisasi, nomlanishi. To'yinmagan uglevodorodlar. Ularning tuzilishi, ishlatish sohalari va ahamiyati. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari.
  • Noorganik va organik kimyodan olgan bilimlarni umumlashtirish: Davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasi. Elementlar va ularning birikmalari xossalari haqidagi bilimlarni izohlab beruvchi ilmiy asos ekanligi. Noorganik moddalarning xossalari va ularning tarkibi hamda tuzilishiga bog'liq ekanligi haqidagi bilimlarni tahlil qilish.