Maxam - Chirchik KKda monoetanolamin yordamida yiliga 200 ming m3 gazni tozalash texnologiyasining massa almashinish va gidromexanik jarayenlari xisoblansin va loyixalansin

Ushbu bitiruv malakaviy ishi kimyo sanoati mashinasozligini rivojlantirishga bag'ishlangan bo'lib, monoetanolamin yordamida gazni tozalash texnologiyasi, uning asosiy qurilmalari va jarayonlari batafsil o'rganilgan.

Asosiy mavzular

  • Modda almashinish jarayonlari va qurilmalarining nazariy asoslari: Modda almashinish jarayonlarining umumiy tushunchasi, absorbsiya, suyuqliklarni haydash va rektifikatsiya qilish, suyuqliklarni ekstraksiyalash, adsorbsiya, ion almashinish, quritish, qattiq moddalarni eritish va ekstraksiyalash, kristallanish, membranali jarayonlar, modda o'tkazishning asosiy tenglamasi, absorbsiyaning moddiy balansi, absorberlarning tuzilishi (plyonkali, nasadkali, tarelkali, suyuqlikni sochib beruvchi).
  • Apparatlarni konstruktiv hisobi: Gazsimon aralashmadan monoetanolaminni ajratish uchun nasadkali absorber qurilmasini hisoblash va loyihalash, yutilayotgan modda massasini va yutuvchi sarfini aniqlash, gazning inert qismining sarfi, gazdagimonoetanolaminning hajmiy ulushi, yutilayotgan komponent bo'yicha asbdorber unumdorligi, nasadka turi, elementlarning o'lchami, solishtirma yuza, erkin hajm, ekvivalent diametr, zichligi, kolonadagi tezlikni topish, gidravlik qarshilikni aniqlash, truboprovod tanlash, trubadagi harakat rejimi, o'lchov birligiga o'tkazmiz.
  • Qurilma asosiy detallari tayyorlash texnologiyasi: Obechaykalarni, qopqoq va dnishelarni, flanets brikmalarini hamda tarelkalarini tayyorlash texnologiyalari. Bunda kesish jarayoni (mexanik, gaz-alangali, elektr yoyli), valslash, va qirindi olmasdan (gilyotin va diskli qaychida, pressda) va qirindi olib (frezerlash, diskli arra va rezets bilan kesish) usullari tasvirlangan.
  • Ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirish qismi: Ishlab chiqarish jarayonlariin jadallashtirish, unumdorligini oshirish va yuqori sifatli mahsulot olishni, asosiy va yordamchi texnologik jarayonlari xavfsiz ishlashini ta'minlash, lokal va avtomatik boshqarish sistemalari, avtomatlashtirish tizimi kursatkichlari, obyektni optimal boshkarish chizmasini chizish, nazorat ulchov asboblari va avtomatika spetsifikatsiyasi.
  • Ekologiya: Korxona O'zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan faoliyat yuritishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash bilan bog'liq qoida-talablarni bajarishi, rezina materiallar, atmosfera havosini zaxarlanishdan saqlash, suv bilan ta'minlash va tozalash tizimi, zaxarli moddalarni kamaytirish, shovqin darajasini kamaytirish.
  • Mexnatni muxofaza qilish: Mexnat sharoitini yaxshilash davlatimizning amalga oshirayotgan asosiy va muhim ijtimoiy vazifalaridan biri ekanligi, mehnatni muhofaza qilishning asosiy qoidalari, 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta'minlash toʻgʻrisida»gi; 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari toʻgʻrisidagi».
  • Fuqaro muxofazasi: FV lar oldini olish, favqulotda vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rish, xavfsizlikni ta'minlash asosiy vazifalardan biridir, Fvni oldini olish usullari, insonlarni qutqarish yo'llari va sharoitlari.
  • Iqtisodiy qism: Korxona bo'yicha asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash, ishlab chiqarish dasturi, mahsulot tannarxi, foyda va rentabillik hisoblash.