KHK talabalari uchun MS Office 2007 video o'quv-qo'llanmasini yaratish
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavrining bitiruv ishi bo'lib, KHK talabalari uchun “MS Office 2007” video oʻquv-qoʻllanmasini yaratishga bag'ishlangan. Kitobda elektron qoʻllanmalar yaratish asoslari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga tadbiq etish, Microsoft Office 2007 video oʻquv qoʻllanmasini yaratish bosqichlari va foydalanuvchiga qoʻllanma, hayot faoliyati xavfsizligi masalalari va umumbashariy ekologik muammolar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Elektron qoʻllanmalar yaratish asoslari: Elektron qoʻllanmalar haqida tushuncha, ta'lim jarayonida AKT va undan foydalanish, masalaning qo'yilishi
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga tadbiq etish: Elektron oʻquv kurslarini loyihalash, elektron ta'lim resurslari va axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanib darsni loyihalash, ta'lim tizimi samaradorligini oshirishda multimediyaning oʻrni va ahamiyati
- Microsoft Office 2007 video oʻquv qoʻllanmasi: Video oʻquv qoʻllanmaning yaratilish bosqichlari, foydalanuvchiga qo'llanma
- Hayot faoliyati xavfsizligi: Mikroiqlim va ishchi hududning havo muhiti, elektromagnit maydonlarni ta'siridan himoyalanish, umumbashariy ekologik muammolar