Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash videokursini yaratish
Ushbu kitobda elektron o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, ulardan foydalanish yo‘llari, interaktiv elektron darsliklar yaratishning asosiy talablari, o`qitish jarayonini boshqarish usullari, videokursni yaratishning dasturiy vositasi sifatida Delphi dasturlash tilini qo'llash va IBExpert bilan ishlash yuzasidan ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta'lim jarayonlaridagi o'rni: Zamonaviy axborot texnologiyalari ta'lim jarayonida qo'llanilishi, elektron o'quv qo'llanmalarining o'rni va ahamiyati, gipermatnli hujjatlar, Web texnologiyalari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Elektron o'quv qo'llanmalarni qurish asoslari: Elektron darsliklarning turlari, ularning afzalliklari, ta'lim tizimida qo'llanilishi, statik va dinamik ob'ektlarning tarkibiy va funktsional modelini qurish haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- O`qitish jarayonini boshqarish usullari: O`qitish dasturlarini loyihalash tamoyillari, kompyuterli ta'limni amalga oshirish texnologiyalari, o`qitishning turlari, kontseptual va operatsion darajalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Delphi dasturlash tili: Delphi dasturlash tilida matnli ma'lumotlarni formaga chiqarish, komponentalar bilan ishlash, ularning xususiyatlari, taxrirlash darchalari, elektron darsliklar va maskalar bilan ishlash usullari ko'rsatilgan.
- Ma'lumotlr bazasini yaratishda InterBase ning tizimli jadvalidan foydalanish: InterBase tizimli jadvallari, turlarni nomlanishi, jadvallar, jadval nomlari, bog'lanishlar, chegaranishlar, maydonlar, indekslar haqida ma'lumot berilgan.
- Dasturchiga qo'llanma: Videokurs materiallarini yaratish jarayoni Camtasia Studio dasturi orqali tushuntirilgan va Ma'lumotlar bazasini ro'yxatdan o'tkazish, triggerni yaratish kabi IBExpert bilan ishlash qadamlari ko'rsatilgan.
- Foydalanuvchiga qo'llanma: Videokursni tomosha qilish, ma'ruzalarga o'tish va undan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan
- Hayot faoliyati havfsizligi: Ergonomika, inson salomatligini asrash, to'g'ri yoritish, elektromagnit nurlanishlardan saqlanish, gipodinamiya va ularning inson salomatligiga ta'siri haqida ma'lumot berilgan