“O’zbеk аdаbiy tili tаriхi” fаnidаn ma’ruzalar
Bu kitob, O'zbek adabiy tilining shakllanish va rivojlanish tarixini qamrab olgan ma'ruzalar to'plamidir. Unda o'zbek tilining qadim zamonlardan to milliy istiqlol davrigacha bo'lgan taraqqiyot bosqichlari, adabiy tilning me'yorlashuvi, turli davrlardagi til xususiyatlari va mashhur adiblarimizning bu jarayondagi o'rni keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH. DAVRLASHTIRISH: Ushbu mavzu o'zbek adabiy tilining til tarixi fanlari tizimidagi o'rni, o'rganish obyekti, maqsadi va vazifalari, og'zaki va yozma adabiy til shakllari hamda o'zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish masalalarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, mavzuda olimlarning davrlashtirish borasidagi qarashlari tahlil etiladi.
- QADIMGI TURKIY TIL DAVRI: Bu mavzu qadimgi turkiy adabiy til davri, runiy va uyg'ur yozuvlari, ularda bitilgan yodgorliklar hamda qadimgi turkiy adabiy tilning o'ziga xos xususiyatlari va o'zbek adabiy tili taraqqiyotida tutgan o'rni kabi masalalarni qamrab oladi. Asosiy e'tibor yozma yodgorliklar va ularning til xususiyatlariga qaratiladi.
- ESKI TURKIY TIL DAVRI: Bu mavzu eski turkiy adabiy tilning tayanch dialekti masalasiga, «Devoni lug'otut turk» asarining tarixiy va ilmiy ahamiyatiga, «Qutadg'u bilig» asarining tili va uslubi hamda «Hibatul haqoyiq» asarining tiliga bag'ishlangan. Mavzuda asarlarning lingvistik xususiyatlari chuqur tahlil etiladi.
- ESKI O'ZBEK TILI: Mavzu XII asrdan keyingi o'zbek adabiy tilining xususiyatlari, «Devoni hikmat» asari va uning tili, «Qissai Rabg'o'ziy» asarining tili va uslubi hamda qarluq-uyg'ur adabiy tili rivojida “O'g'uznoma” asarining roliga bag'ishlangan.
- QIPCHOQ KOMPONENTINING AHAMIYATI: Bu mavzu o'zbek adabiy tilining rivojida o'g'uz-qipchoq komponentining ahamiyati, «Xusrav va Shirin» dostonida o'g'uz-qipchoq til unsurlari, «Muhabbatnoma» asarining til xususiyatlari hamda aralash dialekt xususiyatlarining «Tavsir»da aks etishini o'rganishga qaratilgan.
- XIV-XVI ASRLARDA O'ZBEK ADABIY TILI: Ushbu mavzu XIV-XVI asrlardagi o'zbek adabiy tilining ahamiyati, Lutfiy asarlarining ba'zi til xususiyatlari, o'zbek adabiy tili taraqqiyotida shoir Atoiyning o'rni hamda Sakkokiyning o'zbek tili taraqqiyotidagi roli kabi masalalarni qamrab oladi.
- ALISHER NAVOIY ASARLARINING TILI: Mavzu Alisher Navoiy va o'zbek adabiy tili, Navoiy asarlarida o'zbek tili me'yorlarining belgilanishi, Alisher Navoiyning boshqa tillarga munosabati hamda Navoiyning nazmiy asarlari tili va uslubini tahlil qilishga bag'ishlangan.
- BOBUR, MUHAMMAD SOLIH ASARLARINING TILI: Mavzu XVI asrda Alisher Navoiy yaratib qoldirgan an'ananing davom ettirilishi, Bobur asarlari tili va ularda turkiy so'zlarning qo'llanishi, Muhammad Solih dostonining til xususiyatlari hamda XIV-XVI asrlar adabiy tilida arabcha va forscha so'zlar masalalarini qamrab olgan.
- XVII-XIX ASRLAR ESKI O'ZBEK TILI: Mavzu davr adabiy tili, Abulg'ozi Bahodirxon tarixiy asarlarining tili va uslubi, Turdi hajviy asarlarining tili va uslubi, Nishotiy va Munis asarlarining tili va uslubi hamda Gulxaniy va Mahmur asarlarining tili va uslubi kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- MILLIY UYG'ONISH DAVRI O'ZBEK ADABIY TILI: Mazmu o'zbek adabiy tiliga ta'sir ko'rsatgan omillar, bu davr o'zbek xalq adabiy tilining boyish manbalari, o'zbek adabiy tili rivojida Muqimiy va Furqatning xizmatlari, davr ijodkorlari asarlarining til xususiyatlari, uslublari hamda gazeta-publisistik uslubining paydo bo'lishi va takomillashishi masalalarini o'z ichiga oladi.
- XX ASR O'ZBEK ADABIY TILINING TAYANCH SHEVALARI, GRAFIKASI VA IMLOSI: Mavzu davr adabiy tili, XX asrning boshlaridagi o'zbek adabiy tili xususyatlari hamda o'zbek tilining amaliy grammatikasni tuzish uchun bo'lgan urinishlar kabi masalalarni o'rganishga bag'ishlangan.