O’zbek orfografiyasi va punktuatsiyasi

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo'lib, unda "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi talabalari uchun o'zbek orfografiyasi va punktuatsiyasiga oid ma'lumotlar jamlangan. Kitobda o'zbek tilining imlo qoidalari, tinish belgilarining ishlatilish o'rinlari, qo'shma so'zlarning yozilishi kabi mavzular batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Talaba tanlovi fanining maqsad va vazifalari: Ushbu mavzuda fanning ob'ekti, maqsadi, vazifalari, grafika, yozuv, orfografiya, imlo me'yorlari, orfoepiya, fonetika, morfemika, so'z yasalishi, marfologiya kabi tushunchalar muhokama qilinadi. Talabalar o'zbek tili orfografiyasi va punktuatsiyasi bo'yicha bilimlarini mustahkamlash, savodxonliklarini oshirish, yozma nutq saviyasini boyitish maqsadlari ko'zda tutilgan.
  • O'zbek orfografiyasining tarixiy taraqqiyoti: Bu mavzuda o'zbek yozuvining XX asrdagi tarixi, arab grafikasiga asoslangan yillar, lotin grafikasiga asoslangan yillar, rus grafikasiga asoslangan yillar, ikki yozuvlikka asoslangan yillar kabi davrlarga bo'linib o'rganiladi. Arab alifbosidan lotin alifbosiga o'tish jarayoni va undagi islohotlar, rus grafikasiga asoslangan yozuvning imlo masalalari va ikki yozuvlikka asoslangan yillar tahlil qilinadi.
  • Imlo va uning tamoyillari: Bu mavzuda imlo (orfografiya) tushunchasi, uning orfoepiya hamda alifbo bilan aloqadorligi, imlo tamoyillari, fonetik tamoyil, morfologik tamoyil, tarixiy-an'anaviy tamoyil, farqlash (differensiasiya) tamoyili, etimologik (grafik) tamoyil kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Har bir tamoyilga misollar keltiriladi va ularning o'zaro aloqadorligi tahlil qilinadi.
  • Imlo qoidalari. Unli va undoshlar imlosi: Ushbu mavzuda imlo qoidalari, ularning qisqacha mazmuni, unlilar imlosi (a, o, i, u, oʻ, e harflarining yozilish qoidalari), yonma-yon keladigan unlilar imlosi, undoshlar imlosi (b, p, v, f, m, d, t, z, s, sh, j, ch, r, l, n, g, k, y harflarining yozilish qoidalari), yonma-yon keladigan undoshlar imlosi, tutuq belgisining ishlatilish o'rinlari kabi masalalar o'rganiladi.
  • Asos va qo'shimchalar imlosi: Bu mavzuda shakl yasovchi qo'shimchalarga oid asosiy imlo qoidalari, undosh bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchalarining qo'shilishi, oʻrin, qorin, burun, oʻgʻil, boʻyin, koʻngil kabi soʻzlarga egalik qo'shimchalarining qoʻshilishi, u, bu, shu, o'sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -da, -gach, -cha qo'shimchalarining qo'shilishi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Asos va qo'shimchalar imlosi (so'z yasovchi qo'shimchalarga oid): Ushbu mavzuda so'z yasovchi qo'shimchalarga oid imlo qoidalari, shuningdek, kasb-hunar, faoliyat, xususiyat va munosabatga doir yangi so'zlar yasashga xizmat qiluvchi qo'shimchalar haqida ma'lumot beriladi.
  • Qo'shib yozish: Ushbu mavzuda qo'shib yozishga oid asosiy imlo qoidalari, qo'shma so'zlarning imlosi xususidagi ayrim me'yorlar, xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi soʻzlar yordamida yasalgan qo'shma ot va qo'shma sifatlar, -r qoʻshimchasi bilan tugaydigan qo'shma ot va qoʻshma sifatlar, takror taqlid so'zlarga qoʻshimcha qo'shish bilan yasalgan ot va fe'llar va rus tilidan kirib kelgan so'zlarning qo'shib yozilishi qoidalari tushuntiriladi.
  • Chiziqcha bilan yozish. Ajratib yozish: Ushbu mavzuda chiziqcha bilan yozishga oid asosiy imlo qoidalari, ajratib yozishga doir imlo qoidalari, juft soʻz va takror soʻz qismlari, belgini kuchaytiruvchi soʻz shakllari, soʻzning -ma, ba- qoʻshimchalari yordamida birlashgan qismlari, rus tilidan olingan soʻzlar, yuklamalar kabi masalalar o'rganiladi.
  • Bosh harflar imlosi. Ko'chirish qoidalari: Ushbu mavzuda kishi ismi, ota ismi, familiyasi, tahalluslar; joy nomlari; yulduzlar va sayyoralar nomlari; yu xayvonlari nomlari; madaniy-maishiy ob'ektlar nomlari; badiiy asar nomlari; tarixiy voqea, bayram nomlari; bo'g'in ko'chirilishi, o'zlashma so'zlarda bo'g'in ko'chirilishi kabi masalalar yoritilgan.
  • Yangi imlo qoidalariga asosan ayrim so'zlarning yozilishi: Ushbu mavzuda oʻzbek lotin alifbosida oʻzbek kirill alifbosidagi yo, yu, ya harflari oʻrniga qaysi harflarni yozish,ular bajaradigan vazifaga bogʻliq holda oʻrganiladi.
  • Punktuatsiyasi, uning predmeti va vazifalari: Ushbu mavzuda punktuatsiyasi, uning kelib chiqishi, taraqqiyoti, predmeti, vazifalari va vazifalarning xususiyatlari o'rganiladi. Punktuatsiyasining milliy til grafikasi bilan aloqadorligi masalalari muhokama qilinadi. Punktuatsiyasi yozuv oynasi ekanligi va uning ahamiyati tushuntiriladi.
  • O'zbek punktuatsiyasisi tarixi va nazariy asoslari: Ushbu mavzuda o'zbek punktuatsiyasining kelib chiqishi, yuzaga kelishi asosiy omillar muhokama qilinadi. O'zbek punktuatsiyasi tarixi davrlashtiriladi,punktuatsiyasi asoslari va ilmiy qarashlar tadqiq etiladi.
  • O'zbek tilida tinish belgilari tasnifi: Ushbu mavzuda tinish belgilari toʻrt jihatdan – qoʻllanish oʻrni, ishlatilish usuli, tuzilishi va vazifasi jihatidan tasnif qilinadi. har bir tasnifning xususiyatlari va oʻziga xos jihatlari ochib beriladi.
  • Nuqta va uning qo'llanish o'rinlari: Ushbu mavzuda nuqta eng qadimgi va eng koʻp qoʻllanuvchi tinish belgilaridan biri ekanligi aytiladi. Nuqtaning vazifasi va logik grammatik jihatlari, turli uslublardagi koʻrinishlari ham keltirilgan.
  • So'roq, undov belgilari va ularning qo'llanish o'rinlari: Ushbu mavzuda so'roq va undov belgilari kelib chiqishi va taraqqiyoti, vazifalari va xususiyatlari ko'rib chiqiladi.
  • Vergul va uning qo'llanish o'rinlari: Ushbu mavzuda vergulning o'zbek yozuvida qo'llanish tarixi, usullari, gapdagi uyushiq bo'laklar, undalmalar, kirish so'zlar, ajratilgan bo'laklar va qo'shma gaplarda vergulning qo'llanilishi batafsil yoritiladi.
  • Qavs, nuqtali vergul, ko'p nuqta va ularning qo'llanish o'rinlari: Ushbu mavzuda qavs nuqtali vergul va ko'p nuqta eng oʻzbek tilda qaysi asrlarda qoʻllanilgani, qanday oʻrinlarda ishlatilishi, maqsad va vazifalari batafsil tushuntirilgan.
  • Tire va uning qo'llanish o'rinlari: Ushbu mavzuda tire yuzaga kelishi, vazifalari,qaysi oʻrinlarda kelishi, sodda va qoʻshma gap tarkibida qanday vazifa bajarishi batafsil tushuntirilgan.
  • Qo'shtirnoq va uning qo'llanish o'rinlari: Ushbu mavzuda qoʻshtirnoqning paydo boʻlish tarixi, grafik koʻrinishlari, vazifalari, muallif gapini koʻchirma gaplardan ajratish kabi vazifalari va turlari batafsil yoritilgan.