Меҳнат бозори инфратузилмаси
Ushbu kitob O'zbekistonda mehnat bozorining infratuzilmasi, uning tashkiliy tuzilmalari va faoliyatining istiqbollari haqida ma'lumot beradi. Unda mehnat bozorini tartibga solish mexanizmlari, hududiy axborot tizimlari va davlat siyosatining o'rni kabi masalalar yoritilgan. Kitob talabalarga, tadqiqotchilarga va mehnat bozorining infratuzilmasi bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Mehnat bozorida hududiy axborot tizimining shakllanishi: Mehnat bozorining hududiy axborot tizimi ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifni tartibga solishni o'z ichiga oladi. U mehnat bozoridagi subyektlar o'rtasida aloqalarni ta'minlash orqali jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo'shadi. Qolaversa ma'lumotlarni resurs va muammolarni qidirib topish imkoniyatini beradi.
- Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish: Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish orqali ishchi kuchini har tomonlama qo'llab quvvatlash, yangi texnologiyalardan samali foydalanish, axborot bazalarini shakillantirish hamda hududni ijtimoiy muhofaza qilish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
- Nodavlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining rivojlanishi: Nodavlat ish bilan bandlik xizmati davlat xizmatining kamchiliklarini to'ldiradi va bozorga moslashuvchan xizmatlarni taklif qiladi. Ular ish beruvchilar va ish izlovchilar o'rtasida samarali vositachilikni ta'minlaydi.