Mеnеjmеnt аsоslаri vа biznеs rеjа
Ushbu kitob oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan menejment fanidan leksiyalar kursidir. Kitobda menejmentning nazariy asoslari, ishlab chiqarishni tashkil etish, biznes-reja tuzish, moliyaviy rejalashtirish va boshqarish usullari kabi mavzular yoritilgan. Kitob o'zbek tilida yozilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nashr etilgan.
Asosiy mavzular
- Menejment fanining umumiy tavsifi: Menejmentning mohiyati, vazifalari, boshqaruv tizimi va amaliyotining rivojlanish bosqichlari. Menejment ob'ekti va sub'ekti, menejment fani usullari.
- Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi: Boshqarish ta'limotidagi yo'nalishlar, ilmiy menejment maktabi, mumtoz menejment, insoniy munosabatlar maktabi, tizimli menejment.
- Boshqaruv funksiyalari va tamoyillari: Boshqaruv maqsadi va unga qo'yiladigan talablar, boshqaruv maqsadi turlari, boshqarish funksiyalari mazmuni va mohiyati, boshqarishning asosiy funktsiyalari.
- Menejment tashkiliy tuzilishi: Boshqarish strukturasining mazmuni, turlari, qayta tashkil qilish usullari, bozor munosabatlariga o'tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona va firmalarning mohiyati.
- Boshqarish usullari: Boshqarish usullari to'g'risida tushuncha, boshqarishning tashkiliy-ma'muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy usullari.
- Boshqaruv qarorlari va samaradorligi: Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo'yiladigan talablar, tasnifi, ishlab chiqish va qabul qilish, ijrosini uyushtirish va bajarilishini nazorat qilish.
- Ishlab chiqarishni tashkil etish va biznes reja: Fanning predmeti va vazifalari, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, texnikaviy tayyorgarlikni tashkil etish, biznes-reja va uning asosiy ko'rsatkichlari.
- Korxona quvvati va ishlab chiqarish dasturini hisoblash: Korxona ishlab chiqarish quvvatining mohiyati, hisoblash usullari, undan foydalanish usullari va uni aniqlovchi omillar.
- Ish haqi fondi va uni rejalashtirish: Kadrlar siyosati va uning sanoat taraqqiyotidagi roli, kadrlar tarkibi va strukturasi, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash, mehnat va unga haq to'lash.
- Korxona yordamchi xo`jaliklar ish faoliyatini tashkil etish: Korxonada sozlash xo'jaligini tashkil etish, sozlash ishlarini texnik - iqtisodiy rejalashtirish, dastgohlarni texnik iqtisodiy tavsifi.
- Mahsulot tannarxini rejalashtirish: Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirishning ilmiy asoslari, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini xosil qiluvchi xarajatlarni guruxlash va tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari.
- Moliya rejasi: Foydaning moxiyati, ahamiyati va uni rejalashtirish. Ishlab chiqarish rentabelligining moxiyati va uni oshirish yullari