Тошкент вилоятида етиштирилаётган селекция навли толаларнинг сифат кўрсаткичлари таҳлили

Ushbu kitob Toʻqimachilik va Yengil Sanoat Instituti talabasi Karimov Abdukarim Obid oʻgʻlining diplom loyihasidir. Loyiha Toshkent viloyatida yetishtirilayotgan seleksiya navli tolalarning sifat koʻrsatkichlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Unda tolaning sifati, turli texnologik jarayonlar va iqtisodiy samaradorlik masalalari ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Adabiyot sharhi: Paxta tolasini yetishtirish tarixi, sifatini baholash usullari, O'zbekistonda paxtachilikning rivojlanish bosqichlari va istiqbollari.
  • Sinov ob'ekti va uslublari: Tadqiqot ob'ekti sifatida Toshkent viloyati tumanlaridagi paxta tozalash korxonalarida qayta ishlanayotgan S-6524 seleksiya navi tolasi olingan. Zamonaviy HVI tizimi yordamida tolaning turli xususiyatlari, jumladan mikroneyr, uzilish kuchi, uzunligi va boshqalar aniqlangan.Shuningdek paxta tolasini sifat ko'rsatkichlarini baholashning zamonaviy usullari va mezonlari ham tahlil qilingan.
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini o'tkazish va tahlil qilish: Toshkent viloyatida yetishtirilayotgan selektsiya navlarining sifat ko'rsatkichlari tahlil etilgan. Maxsus usulda olingan natijalar, toladan ip chiqishi va yigiruvchanlik qobiliyati hisoblangan.
  • Ilmiy-tadqiqot ishining iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishning iqtisodiy samaradorligi baholangan.
  • Mehnat muhofazasi va ekologiya qismi: Paxta yetishtirish va qayta ishlash jarayonlarida mehnat muhofazasi va ekologik xavfsizlik masalalari ko'rib chiqilgan.