620 art. Gazlamaning arqoq ipi ishlab chiqarish uchun Marzoli firmasi uskunalari bilan jihozlangan, quvvati 30000 urchuq bo’lgan yigirish korxonasining texnologik loyihasi ishlab chiqilsin.

Ushbu bitiruv malakaviy ishi Oʻzbekiston Respublikasi yengil sanoatining rivojlanish dasturlari asosida yigiruv korxonalarining taraqqiyoti, 15,4 teks arqoq ipi ishlab chiqarish uchun optimal saralanma, “Marzoli” firmasi uskunalari va texnologik jarayonlarning asoslanishi, ip va chiqindilar chiqish me’yorlari, texnologik mashinalar sonini hisoblash, mehnat muhofazasi va texnik iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblashni o'z ichiga oladi. Ishlab chiqarish tannarxi, rentabellik va foyda hamda korxonaning qoplanish muddati aniqlangan.

Asosiy mavzular

  • Yigiruv korxonalarining taraqqiyoti: Oʻzbekiston Respublikasi yengil sanoatining rivojlanish dasturlari asosida yigiruv korxonalarining taraqqiyoti o'rganildi.
  • Optimal saralanma va texnologik uskunalarni tanlash: 15,4 teks arqoq ipi ishlab chiqarish uchun optimal saralanma tuzildi va lot tarkibi sifatida 4 tip Buxoro 102 seleksiya navi olish mumkinligi isbotlandi. Texnologik uskunalar zanjiri har tomonlama asoslanib «Marzoli» firmasi uskunalari qabul qilindi.
  • Yigirish rejasi va chiqindilar miqdorini aniqlash: Ilg'or ishlab chiqarish korxonasi va ilmiy teshirish institutlari hamda mavjud ip yigirish rejalari asos qilib olinib 15,4 teks arqoq ipi ishlab chiqarish uchun yigirishning qisqacha rejasi ishlab chiqildi. Ip va chiqindilar chiqish me'yorlari ishlab chiqildi.
  • Texnologik mashinalar soni va mehnat muhofazasi: Texnologik mashinalar soni hisoblanib, ular loyihalanayotgan korxonaga joylashtirildi. Loyihalanayotgan korxonada mehnat muhofazasi masalalarini hal qilishda xuquqiy vazifalar o'rganildi.
  • Texnik iqtisodiy ko'rsatkichlar va rentabellik: Loyihalanayotgan korxonaning texnik iqtisodiy ko'rsatkichlari hisoblab chiqilib, uning rentabelligi 13% va foydasi 1376136 ming so'm ekanligi asoslandi. Korxonaning qoplanish muddati 2,7 yilni tashkil qilishi aniqlandi.