Туманни режалаштириш ва ҳудудий жойлаштириш

Ushbu kitobda tumanni rejalashtirishning nazariy va amaliy asoslari, hududni kompleks baholash, istiqbolli rivojlanish yo'nalishlari hamda ekologik va ijtimoiy masalalar ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Tumanni rejalashtirishning shaharsozlik asoslari: Rejalashtirishning ilmiy-loyihaviy ishlardagi o'rni, aholi joylashuvi tuzilmasi, rejalashtirish obyektlari va turlari.
  • Hudud tahlili: Hududning tabiiy sharoitlari, antropogen omillar, kompleks baholash va demografik sig'imni hisoblash.
  • Aholi va xo'jalikni rivojlantirish kelajagi: Aholi sonini hisoblash, mehnat resurslari, sanoat va agrosanoatni rivojlantirish.
  • Aholi joylashuvi: Aholi joylashuvi turlari, shakllari, aglomeratsiyalar va ularning rivojlanishi.
  • Hududni tarxiy tashkil etish: Tarxiy tarkib, funktsional qismlarga bo'lish, madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish, ommaviy dam olish va hududni me'moriy-estetik tashkil etish.
  • Atrof-muhitni saqlash va injenerlik masalalari: Atrof-muhitni muhofaza qilish, tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash, transport masalalari va injener-texnik infratuzilma.