Psixologiya fanidan seminar mashg`uloti ishlanmalari
Ushbu kitob pedagogika institutlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, psixologiya fanidan seminar mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha uslubiy tavsiyalar, umumiy seminar mavzulari hamda har bir mashg'ulot uchun rejalashtirilgan savollar, topshiriqlar va adabiyotlar ro'yxatini o'z ichiga oladi. Kitobda talabalarning bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish, pedagogik jarayonga tadbiq etish va psixologiya faniga qiziqishini oshirishga qaratilgan materiallar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Hozirgi zamon psixologiyasi: Psixologiya fanining predmeti, tuzilishi, holati, metodlari va prinsiplari, asosiy yo'nalishlari, sohalari va fanlar tizimidagi o'rni.
- Psixika va ongning taraqqiyoti: Psixikaning materiya evolyutsiyasi natijasi ekanligi, taraqqiyot bosqichlari, inson psixikasining paydo bo'lishi va taraqqiyoti.
- Shaxs faoliyatining psixologik xarakteristikasi: Faoliyat haqida umumiy tushuncha, strukturasi, inson psixik taraqqiyotiga ta'siri, turlari, etakchi faoliyat, pedagogik faoliyat, malakalarning psixologik tavsifi.
- Psixologiyada shaxs tushunchasi: Shaxs tushunchasi, tuzilishi, rivojlantiruvchi va harakatlantiruvchi kuchlar, komil inson tushunchasi, o'quvchi shaxsini o'rganish metodlari.
- Diqqat va xotira: Diqqatning turlari, fiziologik mexanizmlari, xotira va uning jarayonlari, turlari, fiziologik mexanizmlari va nazariyalari, o'quvchilar diqqati va xotirasini o'rganish metodlari.
- Tafakkur: Tafakkur bilishning yuqori formasi sifatida, turlari va jarayonlari, tafakkur va nutq, fikr yuritish faoliyatining motivlari, yosh bolalarning tafakkurining rivojlanishi.
- Yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya: Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifasi va metodlari, asosiy bo'limlari, kichik maktab yosh davrlarining psixologik xususiyatlari.
- O'smirlik davri shaxsning rivojlanishi: O'smirlik davri rivojlanishining etakchi omillari, psixik rivojlanishdagi biologik va ijtimoiy omillar, o'smirlar bilish jarayonidagi sifatiy o'zgarishlar, xulqiy chetlanishidagi mexanizmlari.
- O'qituvchi psixologiyasi: Jamiyatda o'qituvchining o'rni va vazifalari, o'qituvchiga qo'yiladigan talablar, kasbiga xos xislatlar, pedagogik qobiliyatlar, o'z malakasini oshirib borish muammolari.