Умумий овқатланиш соҳаси иқтисодиёти
Ushbu kitob umumiy ovqatlanish sohasining iqtisodiyoti, uning tashkiliy tuzilishi, resurslari, rentabelligi va moliyaviy tahliliga bag'ishlangan. Kitob talabalarga, soha mutaxassislariga mo'ljallangan bo'lib, ushbu sohaning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o'rganishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Umumiy ovqatlanish va uning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi: Soha mohiyati, funktsiyalari, ijtimoiy shakllari va tashkiliy tuzilishi, iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyati.
- Umumiy ovqatlanish korxonalari mahsuloti va tovar aylanmasi: Asosiy hajmi va sifat ko'rsatkichlari, tovar aylanmasini tahlil qilish, tovar zahiralari, rejalashtirish va ishlab chiqarish dasturi.
- Umumiy ovqatlanish korxonalarining moddiy va moliyaviy resurslari: Asosiy fondlar, aylanma fondlar, moliyaviy resurslar, ularning mohiyati, shakllanish manbalari va samaradorlikni oshirishdagi ahamiyati.
- Umumiy ovqatlanish korxonalari mehnat resurslari: Mehnat resurslarining mohiyati, shakllanishi, tahlili va rejalashtirilishi.
- Umumiy ovqatlanish korxonalarining daromadlari: Daromadlar tabiyati, mohiyati va turlari, tahlili va rejalashtirilishi.
- Umumiy ovqatlanish korxonalari xarajatlari: Xarajatlarning mohiyati, tasnifi, tahlili va rejalashtirilishi.
- Umumiy ovqatlanish korxonalari foydasi va rentabellik: Foyda mohiyati, rentabellik ko'rsatkichlari, ularni tahlil qilish va rejalashtirish.