Ingliz va o’zbek tillarida kasbga oid frazeologizmlarning semantik –grammatik va uslubiy xususiyatlari

Ushbu kitob ingliz va o'zbek tillaridagi kasbga oid frazeologizmlarning lingvistik xususiyatlarini qiyosiy o'rganishga bag'ishlangan. Unda frazeologizmlarning semantik, grammatik va uslubiy jihatlari, shuningdek, ularning madaniy va lisoniy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda kasbga oid frazeologmlarning o'ziga xosligi, ularning milliy madaniyat bilan aloqasi va nutqdagi o'rni ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Frazeologik birliklarning nazariy asoslari: Frazeologiya, uning o'rganish obyekti va taraqqiyot bosqichlari, frazeologik birliklarning tasnifi, semantik, grammatik va uslubiy xususiyatlari.
  • Frazeologik birliklarning semantik-grammatik va funktsional xususiyatlari: Frazeologik birliklarning tuzilishi, ma'nosi, nutqda qo'llanilishi va ularning so'z turkumlari bilan munosabati.
  • Kasbga oid frazeologik birliklarning leksik-semantik xususiyatlari: Kasbga oid frazeologizmlarning semantik jihatlari, ularning nutqda ifodalanishi va kasbiy faoliyat bilan bog'liqligi.
  • Kasbga oid frazeologik birliklarning emotsional-ekspressiv ifodalanishi: Kasbga oid frazeologizmlarning hissiy va obrazli jihatlari, ularning ta'sirchanligi va nutqning badiiy xususiyatlarini oshirishdagi roli.
  • Ingliz va o'zbek tillarida kasbga oid frazeologizmlarni qiyosiy tahlil qilish: Kasbga oid frazeologizmlarni tahlil qilish orqali ingliz va o'zbek tillarini solishtirish.