Ўрмончилик ва кўкаламзорлаштиришда илмий тадқиқотишлари
Ushbu kitob oʻrmonchilik va koʻkalamzorlashtirish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga bagʻishlangan. U magistratura talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, soha boʻyicha maʼruzalar toʻplamini oʻz ichiga oladi. Kitobda fanning asosiy tushunchalari, tadqiqot uslublari va oʻrmonchilik sohasidagi amaliy masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Fan to'g'risida asosiy tushunchalar: Fanning maqsadi, vazifalari va o'rganish uslublari, ilmiy izlanishlar va ularni o'rganishning mohiyati, nazariy va tajribaga asoslangan izlanishlar, kuzatuv va tajriba usullari.
- Dala tajriba uslubi: Dala tajribasining asosiy elementlari, variantlarni joylashtirish, dala tajribasini joylashtirish, tajriba sxemasi, nazorat variantlari, takroriyliklar.
- O'rmon meliorativ tadqiqot uslublari: Tog' o'rmon meliorativ ishlari, dala himoya daraxtzorlari bo'yicha tadqiqot uslublari, qum o'rmon melioratsiyasida ilmiy tadqiqot uslublari, tadqiqot sxemasi va vazifasi, oqim maydonchalari, oqim maydonchalarini tayyorlash va suv o'lchov qurilmalarini o'rnatish, tuproq namligini aniqlash, qor qalinligi va qorni o'lchov syomkasi, bahorgi oqim va tuproq yuvilishini aniqlash.
- O'rmon selektsiyasi va urug'chiligi tadqiqot uslublari: O'rmon selektsiyasida tanlash uslublari, jinsiy chatishtirish uslubi, o'rmon urug'chiligida ilmiy tadqiqot instituti uslubi, plusli daraxtlar, selektsiya, populyatsiya.
- O'rmon o'simliklarini rayonlashtirish uslublari: O'rmonlarni rayonlashtirish, rayonlashtirishning maqsadi, o'rmon o'simliklarining okrugi, o'rmon xo'jaligini tashkil etish va yuritish ishlari, ekotizim, sinflar va kichik sinflar.
- Ildiz tizimini o'rganish uslublari: Ildiz sistemasini o'rganish usuli, skelet usuli, qirqish usuli, transheya usuli, daraxtzorlarning ildiz tizimini o'rganish, ildiz diametrini aniqlash, tuproq gorizonti bo'yicha o'rganish.
- Ilmiy tadqiqotlarda olingan ma'lumotlarni statistik tahlil qilish uslubi: Statistik tahlil, dispersiya, talqin qilish, taqqoslash, o'zgaruvchanlik koeffitsienti.