Ўзбекистонда демократик жамият қуриш назарияси ва амалиёти
Qo'llanma O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotiga bag'ishlangan bo'lib, fanning asosiy tushunchalari, tamoyillari, va O'zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartlarini ochib beradi. Unda jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy asoslari, shuningdek, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining o'rni ko'rsatilgan.
Asosiy mavzular
- Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari: Fanning maqsadi, vazifalari, o'rganish manbalari, asosiy tushuncha va tamoyillari, xususan O'zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartlarining o'ziga xos xususiyatlarini ochib berish.
- Demokratik jamiyat haqidagi dastlabki qarashlar va ularning rivojlanish bosqichlari: Demokratiya tushunchasining mazmun-mohiyatini tushuntirish, yurtimizda davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi tarixi, ularning bosqichlari va o'ziga xos xususiyatlarini ochib berish. Talaba-yoshlar ongida Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat, ularning merosini chuqur o'rganish tuyg'ularini shakllantirish
- O'zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda o'tish davrining zarurligi va uning xususiyatlari. “O’zbek modeli”: O'tish davri tushunchasining mazmun-mohiyati va zaruriyatini tahlil qilish, uning ahamiyatini tushuntirish. “O'zbek modeli” mohiyati va uning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek demokratik jamiyat barpo etishdagi ahamiyatini o'rganish.
- Qonun ustuvorligini ta'minlash – demokratik jamiyat barpo etishning asosiy omili: Qonun tushunchasining mazmun-mohiyati va uning demokratiya bog'liqligini tahlil qilish, uning ahamiyatini tushuntirish. Qonun ustuvorligini ta'minlashning ob'ektiv va sub'ektiv omillari haqida ma'lumotlar berish
- Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: Fanning maqsadi, vazifalari, o'rganish manbalari, asosiy tushuncha va tamoyillari, xususan Uzbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartlarining o'ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
- Milliy-ma’naviy negizlarga tayanish – demokratik jamiyat qurishning zaruriy sharti: Mazmun-mohiyati, milliy-ma’naviy negizlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o’rganish, aloqadorlik xususiyatlari va ahmiyati.
- Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish: iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari, iqtisodiyotga tadbirkorlik, biznes bilan shug’ullanish, bozorni ijtimoiy himoya qilish tamoyillari.
- Sog’liqni saqlash tizimidagi demokratik islohatlar: Inson sog’lig’i, sog’lom avlod sog’ligi, tibbiy ta’lim, sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish masalalari
- Demokratik jamiyat barpo etishda mahalla, nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni: Nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ahamiyati, o’zini o’zi boshqarish organlari va qabul qilinadigan qarorlar.
- O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligida demokratik tamoyillarga asoslanishi: Jahon hamjamiyati, diplomatik aloqalar, tashqi siyosat, ustuvor vazifalar, tinchliksevarlik.