Kasbiy psixologiya

Kitob kasbiy psixologiya fanining asosiy tushunchalari, qonuniyatlari va metodlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda kasb tanlash, kasbga yo'naltirish, kasbiy moslashuv, kasbiy motivatsiya va shaxsning kasbiy kamoloti masalalari yoritilgan. Shuningdek, kasbiy psixologiyaga oid mustaqil ishlarni yo'lga qo'yish, ularning turlari va mazmuni haqida ma'lumot berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kasbiy psixologiya fanining predmeti: Kasb psixologiyasining insonda kasbga doir bilim, ko'nikma, malakalarni hamda ulardagi mavjud tushuncha va tasavvurlarini boyitishi, uning predmeti, maqsad, vazifalari, sharq allomalari, psixologlarning kasb tanlash, kasbga yo'naltirish, kasbga moslashish borasidagi fikrlari, kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari, kasb tushunchasi va professiografiya, kasbiy motiv va motivasiya, shaxsning kasbiy kamoloti
  • Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish: Shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o'rganish. Bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o'rganadi.
  • Kasbiy psixologiyaga oid mustaqil ishlar: Talabalarning kasbiy psixologiya sohasida mustaqil bajaradigan ishlari va uning turlari, mazmuni, talabalarning oʻz-o'zini tarbiyalashi va bilim olishida mustaqil ishlashning roli ochib beriladi. Bundan tashqari talabalarning mustaqil ish olib borish samaralari: referatlar, kasb va shaxs psixologiyasiga doir yozma ishlar, bibliografik ko'rsatkichlar, annotatsiyalar va fan boʻyicha mavzular keng qamrovli yoritilgan