"Axloqshunoslik" (еtika), "Nafosatshunoslik" (еstеtika), "Mantiq" (logika)
Ushbu kitobda O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan Jizzax Politexnika Instituti talabalari uchun mo'ljallangan uslubiy qo`llanma jamlangan. Qo`llanma "O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish asoslari" kafedrasi tomonidan tayyorlangan bo`lib, "Axloqshunoslik" (Etika), "Nafosatshunoslik" (Estetika) va "Mantiq" (Logika) fanlaridan amaliy mashg`ulotlar o`tkazishda yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Axloqshunoslik (Etika): Axloqshunoslik predmeti, axloqiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari, Turkiston ma'rifatchilarining axloqiy qarashlari, axloqning kelib chiqishi, oila va jamiyatning axloqiy asoslari, axloqiy madaniyat va kasbiy odob masalalari ko'rib chiqiladi. Amaliy mashg`ulotlarda talabalarning seminar darslarini o`zlashtirishga yaqindan yordam berish, ularda odob, axloq hamda to`g`ri fikrlash qobiliyatlarining o`sishiga yordam berish maqsad qilingan.
- Nafosatshunoslik (Estetika): Estetikaning predmeti, estetik tafakkur taraqqiyoti bosqichlari, Turkiston ma'rifatchilarining estetik qarashlari, estetikaning asosiy tushunchalari, san'at turlari va ularning aloqadorligi, badiiy ijod jarayoni masalalari yoritilgan. Go'zallik va nafosat tushunchalari orqali seminar mashg'ulotlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan.
- Mantiq (Logika): Mantiq ilmining predmeti va ahamiyati, formal mantiq qonunlari, tushuncha, hukm, xulosa chiqarish, dalillashning mantiqiy asoslari kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va to`g`ri xulosa chiqarish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.