Mirzo G‘olib maktublarida fe’lga oid kategoriyalarning ifodalanishi
Ushbu kitob Mirzo G'olibning shogirdi Mirzo Hargopal Taftaga yozgan maktublari tahliliga bag'ishlangan. Unda fe'lning finit shakllari bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan. Kitobda o'zbek tilshunosligida G'olib maktublari fe'l kategoriyalari doirasida ilk marotaba ilmiy tadqiqotga tortilgani, maktublar matni tarjimaga tortilib, zamon va mayl kategoriyalari bo'yicha tahlil qilingani, maktublarda fe'lning finit shakllarining qo'llanilish darajasi aniqlanib, statistik metod yordamida tahlil qilingani haqida so'z yuritiladi.
Asosiy mavzular
- Mirzo G'olib maktublari – urdu nasrchiligi ibtidosi: Ushbu bobda M.G'olib maktubnavisligining oʻrganilish tarixi va fe'lga xos kategoriyalarning hind, rus va oʻzbek hindshunoslari ilmiy asarlarida yoritilishiga to'xtalib o'tiladi.
- Mirzo Gʻolib maktublarida fe'l shakllari orqali zamon kategoriyasining ifodalanishi: Ushbu bobda hozirgi zamon, oʻtgan zamon va kelasi zamon vaqt planlari orqali maktub matnlarida fe'l shakllarining ifodalanishi oʻz aksini topgan. Shuningdek, zamon shakllarining qoʻllanilish darajasini ifodalash uchun misollar turlarga boʻlib, tahlil etilgan.
- Mirzo Gʻolib maktublarida fe'l shakllari orqali mayl kategoriyasining ifodalanishi: Mazkur bobda istak, shart va taxmin mayli orqali fe'l shakllarining ifodalanishi misollar yordamida atroflicha yoritib berilgan.