О‘zbekiston tarixi

Ushbu kitob O'zbekiston tarixiga bag'ishlangan bo'lib, qadim zamonlardan to mustaqillik davrigacha bo'lgan davrlarni o'z ichiga oladi. Unda O'zbekiston hududida shakllangan davlatlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi, madaniyati, turli bosqinchiliklar va milliy ozodlik harakatlari, shuningdek, istiqlol yillaridagi taraqqiyot masalalari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Oʻzbekiston tarixi fani predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati: Bu mavzuda Oʻzbekiston tarixi fanining predmeti, vazifalari, oʻrganish metodlari va manbalari haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, tarixni oʻrganishda ilmiy yondashuv, xolislik, tarixiylik va ijtimoiy yondashuv kabi metodologik printsiplar muhimligi ta'kidlanadi.
  • Oʻzbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari: Ushbu mavzu davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari, Xorazm va Baqtriya davlatlarining roli, Yunon-Baqtriya, Qang' va Dovon davlatlarining ahamiyati kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Kushonlar saltanati va uning Oʻzbekiston davlatchiligi tarixida tutgan oʻrni ham yoritiladi.
  • Oʻzbek xalqining etnik shakllanishi: Bu mavzuda Turonzaminda turkiy xalqlarning azaliy etnos ekanligi, Vatanimiz hududida kechgan etnik jarayonlar, oʻzbek xalqining shakllanish bosqichlari, «Oʻzbek» atamasi va uning keng yoyilishi, mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda millatlararo hamjihatlikning mustahkamlanishi kabi masalalar ko'riladi.
  • Ilk oʻrta asrlarda oʻzbek davlatchiligi: ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot: Bu mavzuda Eftaliylar sulolasi, Turk xoqonligi va arablar istilosi davrida Oʻrta Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti yoritiladi. Arab istilochilari va ularga qarshi kurash ham o'rganiladi.
  • IX-XII asrlarda oʻzbek davlatchiligi: siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot: Ushbu mavzuda Tohiriylar va Somoniylar davlatlari, Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlatlari, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlati kabi siyosiy birlashmalar tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi va madaniyati haqida ma'lumot beriladi.
  • Moʻgʻullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi: Ushbu mavzu Chingizxon boshchiligida moʻgʻullarning Movarounnahrga bosqini, Oʻtror fojiasi, Buxoro va Samarqandning vayron qilinishi, Xoʻjand qahramonligi, Jaloliddin Manguberdi kurashlari kabi voqealarni o'z ichiga oladi.
  • Amir Temur va temuriylar davrida oʻzbek davlatchiligining yuksalishi: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot: Bu mavzu Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi, uning markazlashgan davlat tuzishdagi tarixiy xizmati, davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot, «Temur tuzuklari», ilm-fan va madaniyat ravnaqi kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
  • Turkistonning xonliklarga bo'linib ketishi uning sabablari va oqibatlari: Ushbu mavzuda Turkistonning uch xonlikka bo'linishi, XIX asr birinchi yarmida oʻzbek xonliklarining jugʻrofiy-siyosiy oʻrni, davlat boshqaruvi, iqtisodiy va madaniy hayoti, xonliklarda oʻzaro va ichki kurashlarning avj olishi, uning oqibatlari kabi masalalar yoritiladi.
  • Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi, uning istibdodiga qarshi milliy ozodlik kurashi. Jadidchilik: Bu mavzuda Turkistonni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi, mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi, mustamlakachilarning iqtisodiy, madaniy sohadagi siyosati va amaliyoti, mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati, jadidchilik harakati kabi masalalar haqida ma'lumot beriladi.
  • Sovet hokimiyatining Oʻzbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati: Mazkur mavzu Sovet hokimiyatining milliy siyosati, Oʻrta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishning oʻtkazilishi, Oʻzbekiston SSRning tuzilishi, iqtisodiy siyosat, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish siyosati, paxta yakka hokimligining kuchayishi, uning oqibatlari kabi masalalarni o'z ichiga qamrab oladi.
  • Sovet hokimiyati davrida Oʻzbekistonning ma'naviy-madaniy qaramligi va uning oqibatlari: Ushbu mavzu XX asrning 20-30 yillarda Oʻzbekistonning ma'naviy-ma'rifiy hayoti va unga hukmron sovet mafkurasi ta'sirining kuchayishi, XX asrning 50-80 yillarida respublikaning madaniy-ma'naviy hayoti, jamiyat ma'naviyat jabhalariga kommunistik mafkura tazyiqining yanada kuchayishi, ma'naviy hayotdagi mafkuraviy cheklashlar va byurokratik holatlarning avj oldirilishi, ularning halokatli oqibatlari kabi muhim masalalarni o'z ichiga oladi.
  • Oʻzbekiston davlat mustaqilligining qoʻlga kiritilishi. Demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi: Bu mavzu Oʻzbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati, Oʻzbekiston davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi, siyosiy islohotlar, huquqiy demokratik davlat asoslarining yaratilishi, respublikada ochiq fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
  • Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning iqtisodiy, ma'naviy va madaniy taraqqiyoti: Bu mavzu iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlarining shakllanishi, mustaqillik yillarida respublikaning ma'naviy-ma'rifiy va madaniy taraqqiyoti, milliy istiqlol g'oyasi, uning tarixiy ildizlari va asosiy tamoyillari kabi masalalarga bag'ishlangan.