Yangi tarix fanining predmeti va vazifalari

Ushbu kitob, talabalarga Yangi tarix fanining predmeti, vazifalari va davrlashtirilishi, shuningdek dunyo qit'alaridagi umumiy xususiyatlari haqida ma'lumot beradi. Kitobda jahon tarixida Yangi tarix davrining o'rni, Yevropa, Amerika, Afrika, Osiyo, Avstraliya qit'alaridagi Yangi tarixning xususiyatlari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Yangi tarix fanining predmeti va vazifalari: Jahon tarixida yangi davrning o'rni, yangi tarix fanining predmeti va vazifalari, davrlashtirish va uning bosqichlari, jahon qit'alaridagi umumiy xususiyatlar, buyuk geografik kashfiyotlar, kapitalistik munosabatlar, ijtimoiy va siyosiy faoliyat, mustamlakachilik, imperializm haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Yangi tarix fanini davrlashtirish: Yangi tarix fanini davrlashtirishda asosiy mezonlar, XVII asr o'rtalaridan to XX asr boshlarigacha bo'lgan voqealar, 1-jahon urushigacha bo'lgan davrlar va davrlashtirishning ahamiyati haqida ma'lumot berilgan.
  • Yangi tarixning jahon qit'alaridagi uniumiy xususiyatlari.Yevropa.: XVI-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida buyuk geografik kashfiyotlar qilinishi, erkin bozor munosabatlarining o'sishi, XVI asrda yangi kelib chiqqan Niderlandiya burjua inqilobi, XVII asrdagi Angliya burjua inqilobi, mustamlakachilikning paydo bo'lishi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • AMERIKA: Olimlarning fikriga qaraganda, Hindu va eskimoslarning avlod ajdodlari Amerikaga Osiyodan Bering bo'g'ozi orqali ko'chib o'tganlar, Kolumb Amerikani kashf qilgandan keyin XVI asrdan boshlab Yevropaliklar Amerikaga ko'chib kelib mahalliy aholining yerlarini bosib oldilar, Peru va Inklar davlati, Meksikada mayyalar va anteklar davlallari yo'q qilindi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • AFRIKA: Afrika xallqlari qadimdan Misr sivilizatsiyasini yaratgan edilar.XVI asrda Afrika xalqlarining taraqqiyot darajasi bir xil emasdi.Amerikadagi yangi yerlarni o'zlashtirish uchun ishchi kuchi yetmasdi. XV-XIX asrlar Afrika qullarni ovlash uchun ovloq joy bo'ldi. Afrikadan 15-20 mln.negr qullar Amerikaga olib borib sotiidi haqida ma'lumot berilgan.
  • OSIYO: Osiyo o'ziga xos yo'l bilan rivojlanishda davom etdi.Xitoy, Hindiston, O'rta Osiyo xonliklari, Yaponiyada yangi davrda o'ziga xos munosabatlar shakllangan. Yevropa davlatlarining Osiyo xalqlari yerlarini bosib olib, mustamlakaga aylantirishi, tub joy aholini uzoq davr mustaqillik uchun kurash olib borishga majbur qildi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • AVSTRALIYA.: Aholi savdo yo'llaridan uzoqda bo'lganligidan XVIII asrgacha dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanmasdan, tabiat yaratgan mahsulotlarni (meva, ildiz va boshqa) terish va hayvonlarni ovlash bilan shug'ullangan. Inglizlar Avstraliyani bosib olgandan keyin jun sanoati uchun zarur bo'lgan chorvachilik (qo'y boqish) rivojlandi.