Nitrobirikmalar mavzusini o’qitishda tarixiylik tamoyili

Ushbu kitobda organik kimyo fanining ta'lim uslublari, nitro birikmalar mavzusini o'qitishda tarixiylik tamoyilining ahamiyati, mashhur olimlarning tarjimai hollari, organik kimyoning rivojlanish tarixi va O'zbekistonda kimyo sohasining rivojlanishi kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, kitobda o'qituvchilar uchun dars ishlanmalari va tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • O'qitish tamoyillari va ularning ahamiyati: Organik kimyoni o'qitish metodikasi, ta'lim tamoyillarining o'rni, kimyoviy tuzilish nazariyasi, izomeriya hodisasi, valentlik tushunchasi, uglevodorodlar, funksional guruhlar va boshqa asosiy tushunchalar
  • "Nitrobirikmalar" mavzusini o'qitishda tarixiylik tamoyili: Nitrobirikmalarning tuzilishi, olinish usullari, fizik va kimyoviy xususiyatlari, ishlatilishi, aromatik nitrobirikmalar, nitroguruhning ta'siri, nitrolash reaksiyasi, N.N.Zinin reaksiyasi, A.B.Nobelning ishlari, F.Vyolerning ishlari, A.V.Gofmanning ishlari, N.D.Zelinskiyning ishlari va boshqa olimlarning kashfiyotlari
  • Organik kimyoni o'qitishda tarixiy materiallardan darsdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish shakllari va metodlari: Tematik kechalar, "Organik kimyo darg'alari", Sodiqov Obid Sodiqovich, Yunusov Sobir Yunusovich, Usmonov Hamdam Usmonovich, Abdurasuleva Amina Raximovna, Rashidova Sayyora Sharofovna, Abdulhamid G'ofurovich Maxsumov, Iskandarov Sa'dulla va ularning hayoti va ilmiy faoliyati
  • Alkogol va nikotin-salomatlik dushmani: alkogol va nikotinning zararli ta’siri, ularning organizmda keltirib chiqaradigan o‘zgarishlar, ichkilikbozlik va kashandalikning og‘ir oqibatlari muttasil tushuntirib borilishi. Tamaki tarkibidagi nikotin va organizmga ta'siri
  • Non kimyosi va biokimyosi: Don tarkibida oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, vitaminlar, fermentlar minerallar va boshqa moddalar. Nonning inson sog‘ligidagi ta'siri. Don va nonning turli xilma-xilligi.