Mintaqalarda tadbirkorlikni rivojlantirishni iktisodiy statistik taxlili

Kitob Xorazm viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini statistik tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda mintaqada tadbirkorlik muhitini yaxshilash, resurslardan samarali foydalanish, investisiyalarni jalb qilish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining nazariy-uslubiy asoslari: Ushbu bobda tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o'rni, uning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, xorijiy tajriba va O'zbekistondagi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash siyosati ko'rib chiqiladi. Mintaqaviy tadbirkorlikning nazariy asoslari va uni rivojlantirishning uslubiy yondashuvlari tahlil etiladi.
  • Xorazm viloyatida hududiy tadbirkorlikni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning statistik tahlili: Bu bob Xorazm viloyatining iqtisodiy salohiyati, tabiiy resurslari va demografik holatini o'rganadi. Hududiy tadbirkorlikning statistik ko'rsatkichlari, ishlab chiqarish samaradorligi va investitsiya faolligi tahlil qilinadi. Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari aniqlanadi va tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
  • Mintaqalar va ma'muriy hududlar hamjihatligining tadbirkorlik rivojidagi o`rni: Tadbirkorlikni rivojlantirishda ma'muriy hududlarning roli va hamjihatlik ahamiyati ochib berilgan