Табиий газни қуритиш ва газларга ажратиш жараёнини автоматик бошқариш системаси
Ushbu bitiruv malakaviy ishida "Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi" misolida tabiiy gazni quritish va gazlarga ajratish jarayonini avtomatik boshqarish sistemasi ko‘rib chiqilgan. Ish jarayonida quyidagi natijalarga erishildi: ishlab chiqarish obyektining umumiy tavsifi berildi, tabiiy gazni quritish va gazlarga ajratish texnologik sxemasi bayon etildi, separatsiya va absorbsiyalash bloklarining funksional sxemalari bayon etildi, suriluvchi intervallarda gaz tayyorlash kompleks qurilmasi texnologik uzatmalari orasida gaz ishlab chiqarish yuklamasini optimal taqsimlash va identifikatsiyalash masalasi qo'yildi va yechildi. texnologik liniyalar o'rtasida yuklamalarning operativ optimal taqsimoti va quritish jarayoninida absorberning matematik modeli qurildi. sanoat rostlash sistemalari tahlil etilgan. MATLAB dasturi muhitida o'tish jarayoni va rostlagichning sozlash parametrlari hisoblangan.
Asosiy mavzular
- Tabiiy gazni quritish jarayoni: Tabiiy gazni quritish va gazlarga ajratish texnologiyasi, jarayonning asosiy bosqichlari va uskunalarini tavsiflash, shuningdek, quritish tizimining avtomatik boshqaruv tizimini loyihalash masalalari.
- Gazni tayyorlash kompleks qurilmasi: Kompleks qurilmadagi texnologik jarayonlar o'rtasida gaz ishlab chiqarish yuklamasini optimal taqsimlash va ularni avtomatik boshqarish vazifalari.
- Absorber matematik modeli: Gazni quritish jarayonini modellashtirish, absorberning ish parametrlarini aniqlash va ularni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish.
- Sanoat rostlash sistemalari: Turli rostlash sistemalari, ularning afzalliklari va kamchiliklari, absorberni avtomatik boshqarish uchun eng mos rostlash sistemani tanlash.
- O'tish jarayoni va rostlash parametrlari: O'tish jarayonini matematik ifodalash va rostlash parametrlarini hisoblash, rostlash sifatini oshirish va jarayonni barqarorlashtirish.