C++ tilida tenglamalar yechishga dasturlar tuzish
Ushbu kitob C++ dasturlash tilini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, tilning asosiy tushunchalari, operatorlar, ifodalar, boshqaruv strukturalari, funktsiyalar va sinflar bilan ishlash usullari batafsil yoritilgan. Tenglamalarni yechishda C++ dasturlash tilidan foydalanishning amaliy jihatlari ham ko'rsatilgan.
Asosiy mavzular
- C++ dasturlash tilining asoslari: C++ tilining tarixi, asosiy tushunchalari, o'zgaruvchilar, tiplar, operatorlar, ifodalar, kiritish va chiqarish amallari.
- Boshqaruv operatorlari: Shartli operatorlar (if, switch), takrorlash operatorlari (for, while, do-while) va ularning dasturlarda qo'llanilishi.
- Funktsiyalar: Funktsiyalarni e'lon qilish, aniqlash, chaqirish, parametrlar, qaytariluvchi qiymatlar, rekursiya.
- Sinflar va ob'ektlar: Sinflarni e'lon qilish, a'zolar, konstruktorlar, destruktorlar, merosxo'rlik, polimorfizm.
- Tenglamalarni yechish usullari: Chiziqli va nochiziqli tenglamalarni yechish algoritmlari, Gauss usuli va ularning C++ da dasturiy realizatsiyasi.
- Amaliy mashg'ulotlar: C++ dasturlash tilida matematik amallarni qo'llash va grafik funksiyalarni yaratish. Dasturlashda tarmoqlanish algoritmidan foydalanish.