Bitiruv malakaviy ish: yozish metodikasi,rasmiylashtirish qoidalari va himoya qilish tartibi

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida oliy ta'lim tizimida bitiruv malakaviy ishi (BMI)ni tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonini tartibga soluvchi metodik qo'llanmadir. Qo'llanma talabalarga ilmiy ishni yozish, rasmiylashtirish, himoya qilish tartiblari, shuningdek, bitiruv malakaviy ishga qo'yiladigan talablar bo'yicha amaliy ko'rsatmalar beradi.

Asosiy mavzular

  • Mavzuni belgilash va bitiruv malakaviy ishni tayyorlash: Mavzuni tanlash, tuzilish, maqsad va vazifalar, ilmiy rahbar vazifalari, talabaning vazifalari, rejalashtirish
  • Bitiruv malakaviy ishni yozish: BMI matnini bayon qilish tili va uslubiga talablar, mavzuning dolzarbligi, ob'ekti va predmetini belgilash, matnni bayon qilish, bo'limlar ustida ishlash, ilovalar
  • Bitiruv malakaviy ishni rasmiylashtirish: Umumiy talablar, titul varag'i va mundarija, asosiy qismni rasmiylashtirish, parchalar, iqtiboslar va havolalar, formulalar, adabiyotlar ro'yxati, illyustrativ materiallar, ilovalar
  • Bitiruv malakaviy ishning himoyasi: Ishni taqdim etish tartibi, DAK majlisida chiqish, ilmiy rahbar va taqrizchining mulohazalari, ishni baholash