Ixodidae каналари фаунаси, биоэкологияси ва уларга қарши кураш чора-тадбирлари
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida kanal faunasi, biologiyasi, ekologiyasi va tarqalishini oʻrganishga bagʻishlangan. Unda Ixodidae oilasiga mansub kanallarning tuzilishi, koʻpayishi, rivojlanish sikli, turlari, ularning qishloq xoʻjaligi hayvonlariga zarari va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kanallarga qarshi kurash choralari, zamonaviy ekologik xavfsiz usullar va chorvadorlar uchun tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Adabiyotlar tahlili: Qon so‘ruvchi kanallarning o‘rganilish tarixi, sistematikasi, tarqalishi va keltirib chiqaradigan kasalliklar. O‘zbekiston Respublikasining biogeografiyasi, ekotizimlari va havzalari.
- Ixodidae oilasi kanalar faunasi, biologiyasi, ekologiyasi va tarqalishi: Ixodidae oilasiga kiruvchi kanallarning tarqalishi, tuzilishi, biologiyasi, rivojlanishi va zarari. Har bir tur uchun batafsil ma'lumotlar, jumladan, Ixodes, Haemaphysalis, Boophilus, Dermacentor, Rhipicephalus, Hyalomma avlodlari.
- Kanalarga qarshi kurash choralari: Kanalarga qarshi kurashning mexanik, kimyoviy va agrotexnik usullari. Molxonalarni tozalash va dezinfeksiya qilish, yaylovlarni to‘g‘ri tashkil etish, zaharli dorilar bilan ishlov berish.