Mantiqiy amallar
Ushbu kitob Informatika fanidan 8-sinf o'quvchilari uchun bir soatlik dars ishlanmasi. Dars "Mantiqiy amallar" mavzusiga bag'ishlangan. Ishlanma darsning maqsadini, vazifalarini, o'qitish usullarini, o'quv jarayonini tashkil etish texnologiyalarini va kutilayotgan natijalarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, darsning borishi, yangi mavzuni bayon qilish usullari va mavzuni mustahkamlash bo'yicha ko'rsatmalar berilgan. Kitob o'qituvchilar uchun darsni samarali o'tkazishga yordam beradigan qo'llanma vazifasini o'taydi.
Asosiy mavzular
- Mantiqiy amallar: Mantiqiy amallar haqida tushuncha beriladi va ularni bajarish ko'nikmalari shakllantiriladi. Mantiqiy amallar, mulohazalar, ularni qo'shish va ko'paytirish haqida bilim beriladi.
- Mantiq: Mantiq - mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan. Mantiqiy fanning obyekti - tafakkur qonunlari, shakllari, usullari va amallaridir. Mantiq fani u o'rganadigan predmet sohasining turi boʻyicha ikki bo`limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq.
- Mulohazalar: Insonlar kundalik hayotda oʻzaro muloqt qilish ushun turli mulohazalardan foydalanishadi. Ma'lumki, mulohaza - narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda mulohaza rost yoki yolg'onligi haqida soʻz yuritishmumkin boʻlgan darak gap.
- Mantiqiy ko'paytirish amali: A va B sodda mulohazalar bir paytda rost boʻlgandagina rost boʻladigan yangi (murakkab) mulohaza hosil qilish amali mantiqiy koʻpaytirish amali deb ataladi:
- Mantiqiy qo'shish amali: A va B sodda mulohazalarning bittasi rost boʻlganda rost boʻladigan yangi (murakkab) mulohaza hosil qilish amali mantiqiy qoʻshish amali deb ataladi:
- Mantiqiy inkor amali: A mulohaza rost boʻlganda yolg`on, yolgʻon boʻlganda rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi: