Ekologiya

Ushbu kitob ekologiya fanining asosiy tushunchalari, muammolari va ularning yechimlariga bag'ishlangan. Unda ekologik tushunchalar, biosfera, atrof-muhit muhofazasi, ekologik ekspertiza, monitoring, siyosat va hamkorlik kabi masalalar yoritilgan. Kitob talabalar, o'qituvchilar va ekologiyaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Biosfera: Biosferaning tuzilishi, chegaralari, tirik moddalari, funksiyalari va biosferadagi aylanma harakatlar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Muhit va ekologik omillar: Ekologik omillar klassifikatsiyasi (abiotik, biotik, antropogen), harorat, yorug'lik, namlik va ularning tirik organizmlarga ta'siri, hayot muhitlari (suv, yer-havo, tuproq) va ularning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
  • Kimyoviy moddalar va tashqi muhit: Kimyoviy moddalarning atrof-muhitga ta'siri, ozon qatlamining siyraklashuvi, yot kimyoviy moddalarning biosferada tarqalishi, xavfsizlik choralari bayon etilgan.
  • Atmosfera: Atmosfera havosi va uning ifloslanishi, isish, uning oqibatlari, atmosfera havosining tirik organizmlarga ta'siri kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
  • Suv: Suvning ahamiyati, ifloslanishi, suv resurslarini muhofaza qilish, Orol muammosi va uning oqibatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Yer: Yer resurslarining ekologik holati, unumdorlikning pasayishi sabablari, eroziya, tuproq muhitlari va ularning muhofazasi masalalari ochib berilgan.
  • Chiqindilar: Chiqindilar muammosi, ularning turlari, tozalash usullari, qayta ishlash imkoniyatlari va ularni kamaytirish yo'llari haqida so'z yuritilgan.
  • Tabiatdagi biologik xilma-xillik: Biologik xilma-xillikning ahamiyati, o'simliklar va hayvonot dunyosi, ularni muhofaza qilish, kamayib ketish sabablari va qo'riqxonalar to'g'risida ma'lumotlar berilgan.
  • Inson ekologiyasi: Insonning demografik holati, oziq-ovqat, shovqin, vibratsiya, avtomobil va ularning ta'siri, shahar ekologiyasi, konadon ekologiyasi haqidagi tushunchalari berilgan.
  • Ekologik siyosat va ekologik hamkorliklar: Ekologik ekspertiza, monitoring, barqaror rivojlanish, O'zbekistonning xalqaro hamkorligi kabi masalalari yoritilgan.
  • Urush ekologik ofatdir: Yadro qurollari, biosfera qurollari hamda odamzotga keladigan ofatlar haqida so`z boradi.
  • Ekologik talim va tarbiya: Yosh avlodga ekologik tarbiya berish uslublari, metodlari hamda ulkan ahamiyati haqida so`z boradi.