Ishlab chiqarishda xodimlarni boshqarish

Ushbu kitob ishlab chiqarishda xodimlarni boshqarish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, iqtisodiy islohotlar sharoitida menejerlarga qo'yiladigan talablar, xodimlarni boshqarish usullari, attestatsiya, menejer mehnatini tashkil etish mexanizmlari va boshqa muhim jihatlar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Ishlab chiqarishni boshqarish: Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasiga amalga oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma'muriy harakterdagi alohida faoliyat tushuniladi.
  • Xodimlarni boshqarish: Xodimlarni boshqarish korxonada band bo'lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning norma (mo`otadil) faoliyat ko`rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo`yicha o`zaro bog`langan tashkiliy-iqtisodiy va sotsial tadbirlar tushuniladi.
  • Menejer mehnati va uning xususiyatlari: Menejerning mehnati, tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnatini ajralmas qismi, menejmentning funktsiyalari operativ bajarilishi to`g`ri tashkil qilinishiga bog`liq bo`ladi va ishlab chiqarish natijasiga ta`sir ko`rsatadi. Menejerning mehnati aqliy, ijodiy xarakterlarni o`zida mujassam etadi.
  • Bozorning menejerlarga bo`lgan talabi: Bozor iqtisodiyotiga kirib borishning strategik kursi yangi yondoshuvchilarni talab qiladi. bu talablar asosan iqtisodiyotda, boshqaruvda va ijtimoiy muammolar echimida namoyon bo`ladi. Menejment sistemasida xo`jalik mexanizmining islohoti asosiy omil bo`ladi, bundan tashqari faoliyatchanlik va ta`sirchanlik islohotlari boshqaruv kadrlari ya`ni menejerlar tomonidan aniqlanadi.
  • Attestatsiya menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik sifatini baholash usuli sifatida: Boshqaruv mansabiga tavsiya qilinayotgan kishining ishbilarmonlik va kishilik xususiyatlarini baholash, avvalambor shartnoma tuzilishi kerak. Ushbu attestatsiyani o`tkazish uchun raxbar buyruri bilan rais, sekretar' (kotib) va boshqalardan tarkib topgan attestatsiya komissiyasi tuziladi.
  • Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi: Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi ҳar bir ijrochining ishi cheklangan va nisbatan bir turda bo`lishiga erishish talab qilinadi. Bu mexnat unumdorligi ortishi, ish sifati yaxshilanishi va ҳar bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi.