Uglevodlar
Ushbu kitob organik kimyoning muhim bo'limi bo'lgan nitrobirikmalarga bag'ishlangan. Unda nitrobirikmalarning tuzilishi, olinish usullari, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi va ahamiyati keng yoritilgan. Kitob talabalarga va kimyo sohasida bilim oluvchilarga mo'ljallangan bo'lib, nitrobirikmalar haqida chuqur va to'liq ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- Nitrobirikmalarning ta'rifi va tuzilishi: Nitrobirikmalarning umumiy formulasi, izomeriyasi, nomlanishi, qutblanishi va tuzilish xususiyatlari batafsil tahlil qilingan.
- Nitrobirikmalarni olish usullari: Alkanlarni nitratlash (Konovalov reaksiyasi), galoidalkillarni kumush nitrat bilan reaksiyaga kiritish va boshqa usullar ko'rsatilgan.
- Nitrobirikmalarning fizik va kimyoviy xossalari: Eruvchanlik, qaynash harorati, zichlik, qaytarilish reaksiyalari, kislota-asos xossalari va boshqa reaksiyalarga kirishishi batafsil yoritilgan.
- Aromatik nitrobirikmalar: Benzol halqasida nitroguruhning joylashuvi, olinish usullari (nitrolash reaksiyasi), fizik-kimyoviy xossalari va reaksiyalari (elektrofil va nukleofil almashinish) batafsil tahlil qilingan.
- Nitroguruhi yon zanjirda joylashgan nitrobirikmalar: Yon zanjirdagi nitrobirikmalarning olinishi, xossalari va reaksiyalari ko'rib chiqilgan.
- Nitrobirikmalarni qo'llanilishi: Erituvchi sifatida, aldegid, kislota, keton va boshqalar olishda portlovchi moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi