Siyosаtshunоsliк. O’zbекistоndа dеmокrаtiк jаmiyat qurish
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Siyosatshunoslik. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Unda siyosatshunoslik fan sifatida, siyosiy qarashlarning rivojlanishi, O'rta Osiyoda davlatchilik g'oyalari, Amir Temur va temuriylar davri, jadidchilik harakati, siyosiy konsepsiyalar, davlat va fuqarolik jamiyati, siyosiy madaniyat, O'zbekistonning tashqi siyosati, saylovlar, va hokimiyat masalalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Siyosatshunoslik fan sifatida. Siyosiy qarashlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi: Siyosatshunoslik fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari hamda Sharq va G'arbda siyosiy fikrlarning rivojlanishi va yangi davr siyosiy konsepsiyalari va qarashlari haqida ma'lumot beriladi.
- Siyosiy hokimiyat va tizim: Hokimiyat tushunchasi, uning ob'ekti va sub'ekti. Siyosiy hokimiyat mazmuni, mohiyati va hokimiyatning legitimligi Siyosiy tizim, turlari va uning jamiyat hayotida tutgan o'rni va ahamiyati hamda Siyosiy tuzum va davlat boshqaruvi haqida ma'lumot beriladi.
- Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari: Davlat tushunchasi va uning funksiyalari. Fuqarolik jamiyati, uning mohiyati va mazmuni. Siyosiy partiyalar va ularning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda tutgan o'rni haqida ma'lumot beriladi.
- Siyosiy elita va siyosiy etakchilik. Siyosiy kommunikasiyalar: Siyosiy elita tushunchasi, nazariyalari va turlari. Siyosiy etakchilik, nazariyalari, turlari va vazifalari. Siyosiy kommunikasiya tushunchasining mazmuni va mohiyati haqida ma'lumot beriladi.
- Saylovlar va siyosiy ixtiloflar: Saylov tushunchasi va uning mohiyati. Saylov jarayonining asosiy bosqichlari va ularning huquqiy asoslari va siyosiy ixtilof tushunchasi va nazariyalari haqida ma'lumot beriladi.
- Siyosiy madaniyat, siyosiy mafkuralar: Siyosiy ong tushunchasi, manbai va funksiyalari va darajalari, siyosiy madaniyat mazmuni, uning tarkibiy qismlari hamda siyosiy mafkura tushunchasi va vazifalari va ko'rinishlari haqida ma'lumot beriladi.
- Siyosiy modernizatsiya (zamonaviylashuv). Xalqaro siyosat va xalqaro munosabatlar: Siyosiy zamonaviylashuv tabiati va bosqichlari O'zbekistonda modernizatsiya jarayonlarining o'ziga xosligi «Xalqaro siyosat», «xalqaro siyosiy tizim», «xalqaro munosabatlar» tushunchalari haqida ma'lumot beriladi.
- O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, ob'ekti, maqsadi va vazifalari: O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, ob'ekti, uslubi hamda uning manbalari. Ushbu fanning asosiy tushunchalari, qonuniyatlari va uning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida tutgan o'rni. Mazkur fanni o'rganishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida ma'lumot beriladi.
- Qonun ustuvorligi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosi: Qonun ustuvorligi tushunchasi va mohiyati. Normativ-huquqiy xujjatlarning Konstitusiya va qonunlarga mos bo'lishining talab etilishi. Qonun ustuvorligining demokratik jamiyat qurishda amalga oshirilishi kafolatlari haqida ma'lumot beriladi.
- Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, fuqaro erkinligi huquq va manfaatlari ustuvorligini ta'minlash: Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish tushunchasi, ma'no mazmuni Fuqaro erkinligi va faolligi tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni. Prezident I.A.Karimov demokratik jamiyat qurishda inson va shaxs erkinligi faolligini yuksaltirish konsepsiyasi haqida ma'lumot beriladi.