Vokal (xor) jamoalari bilan ishlash uslubiyoti
Ushbu kitob "Vokal (xor) jamoalari bilan ishlash uslubiyoti" fanidan o'quv-uslubiy majmua bo'lib, unda mazkur fanning namunaviy va ishchi dasturlari, ma'ruzali amaliy mashg'ulotlarning mavzulari, fan boʻyicha glossariy, baholash mezonlari, ta'lim texnologiyalari, o'quv materiallari, qoʻllanma va darsliklar ro'yxati hamda majmuaga taalluqli barcha materiallarning elektron shakllari jamlangan.
Asosiy mavzular
- Xor san'ati ijrochiligining asosiy yo'llari: Ushbu mavzuda havaskorlik xor jamoalarini tashkil qilishi, aralash xorlar bilan ishlash uslubiyoti (vokal, soz ustida ishlash, kontsert va repertuar muammosi), oʻsmir yoshlar xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti, ovoz xususiyatlari, soz boʻyicha ishlash, nafas olish uslublari, bolalar xor jamoalari (oʻrta va katta xorlar bilan ishlashi tugʻrisida), bolalar xorini tashkil qilish va ishlash usullari (kichik yoshdagi bolalar bilan ishlash uslubiyoti), xorda nafas olish, ovoz mashqlari, xorga musiqa savodini berish, Oʻzbekiston professional va havaskor vokal-xor jamoalarining faoliyati yoritiladi.
- Xor ijrochilik janrlari: Joʻrsiz asarlar janri, yirik (syuita, kantata, oratoriya) shaklidagi xor asarlar janri, xor – qoʻshiq janri, opera janri va shu janrlarda yaratgan kompozitorlarning ijodiyoti va yozgan asarlarining mazmuni, taxlili haqida ma'lumot beriladi.
- Amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar: Havaskor xori ishini rejalashtarish va tashkil qilish yo'l-yo'riqlari, havaskor xorida ta'lim-tarbiya ishlari, xorda ijodiy va g'oyaviy tarbiya ishlari, xor asarlarini oʻzlashtirish, xorda ansamblga erishish, xavaskor xor ijodiyoti, xorda solfedjio saboqlari, radio va televideniye xorini eshitish, oʻzbek davlat akademik xor kapellasini eshitish, bolalar “Bulbulcha” xorini eshitish, urush va mehnat faxriylari xalq xorini eshitish, havaskor xor jamoalarida repertuar tanlash va asar oʻrganish usullari, havaskor xorda ma'naviy-ma'rifiy ishlar, xor rahbarining dirijyorlik ijodiyoti, xor rahbarining tashkilotchilik vazifalari, yosh dirijyorga maslaxatlar keltirilgan.