Спорт тиббиёти
Ushbu kitob sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya nazariyasiga oid ma'ruzalar matnlaridan iborat. U O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv rejasiga muvofiq tuzilgan bo'lib, talabalar va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Sport tibbiyotining rivojlanish tarixi va tashkil qilinishi: Ushbu mavzu sport tibbiyotining paydo bo'lishi, rivojlanish bosqichlari, O'zbekistonda tibbiy nazoratning rivojlanishi va sport tibbiyotining asosiy ish turlarini qamrab oladi. Tibbiy nazorat usullari va ularning ahamiyati ham yoritilgan.
- Sportchilarning salomatligi to'g'risida umumiy ma'lumotlar va ish qobiliyatini oshirishda qo'llaniladigan tiklash vositalari: Salomatlik va kasallikning mohiyati, irsiyatning kasalliklardagi roli, sportchilarning ish qobiliyatini tiklashda qo'llaniladigan vositalarning tasnifi va ahamiyati, tiklash vositalariga qo'yiladigan talablar.
- Davolash jismoniy tarbiya vosita va shakllari: Gimnastika mashqlari, mushaklarning qisqarish xarakteri, davolash gimnastikasi mashg'uloti va rejim turlari, davolash jismoniy tarbiya shakllari, usullari.
- Jarohatlanish tug'risida tushuncha, sinishning turlari va funktsional davolash davrlari: Jarohatlanishning ta'rifi, shikastlanish xarakterlari va ularning tasnifi, davolash jismoniy tarbiyasi mashg'ulotlarining davrlarga bo'linishi.
- Nerv tizimida va bolalarda tayanch-harakat apparatining nuqsonida davolash jismoniy tarbiyasining uslublari: Nerv tizimi kasalliklarining harakteristikasi, nevritda davolash jismoniy tarbiya uslublari, bolalarda tayanch-harakat apparatining nuqsonida davolash jismoniy tarbiyasi.
- Sportchilar ish qobiliyatini oshirishda qo'llaniladigan tiklash vositalari: Sportchilarni tiklashda qo'llaniladigan vositalar, ovqatlanish, vitaminlar, farmakologik vositalar, gigienik vositalar va boshqalar.
- Sportdagi yuklama va uni sportchi organizmiga ta'siri: Yuklamaning turlari, mashq yuklamaning hajmi va shiddati, mashg'ulotda charchash va tiklanish, cheklangan charchash.
- Mashg'ulotlar va musobaqalar jarayonida tibbiy pedagogik kuzatish: Kasalliklar to'g'risida ma'lumotlar, sport mashg'ulotlari jarayonida qo'llaniladigan tibbiy nazorat usullari.
- Dopingga qarshi nazorat va jins nazorati: Dopingga qarshi nazorat, psixostimulyatorlar, narkotiklarning keltirib chiqaradigan salbiy ta'sirlari, jins nazorati.
- Odam organizmiga massajning fiziologik ta'siri: Massajga qisqacha tasnif, massajning nerv tizimiga, mushak tizimiga, qon va limfa tomir tizimlariga ta'siri, massajning ichki a'zolarga va modda almashinuviga ta'siri, massajning gigienik asoslari.