Навоий вилоятида бошоқли дон экинларидан юқори ҳосил етиштириш

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan nashr etilgan bo‘lib, Navoiy viloyatida boshokli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish masalalariga bag‘ishlangan. Kitobda don yetishtirishning agrotexnik usullari, navlarni joylashtirish, yer va urug‘ni ekishga tayyorlash, oziqlantirish, sug‘orish, begona o‘t va kasalliklarga qarshi kurash, urug‘lik maydonlarni aprobatsiya ko‘rigiga tayyorlash va hosilni yig‘ib olish tadbirlari keltirilgan. Kitob qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, fermer xo‘jaligi rahbarlari va keng o‘quvchilar ommasi uchun mo‘ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Navlarni joylashtirish: Don ekinlarini yetishtirishda navlarni to‘g‘ri joylashtirish muhim ahamiyatga ega. Har bir hududda, erta pishar g‘alla navlarini joylashtirishda, konturlar orasidagi masofa uzoq bo‘lmasligi uchun, massiv holatda joylashtirish va ularni konturlar kesimida xaritaga tushirish zarur.
  • Yerni ekishga tayyorlash: Yerning tekis bo‘lishi, uning yuza qatlamining (0-10 sm) donador, mayin tuproqli bo‘lishi, undagi kesaklarning kattaligining diametri 2-3 sm dan oshmasligi kerak. Shuningdek, nihollarni tekis undirib olish, kuzgi va bahorgi sug‘orishlarni sifatli olib borish uchun ham yerlarni yaxshilab tekislash zarur.
  • Uru‘gni ekishga tayyorlash: Boshokli don ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirishda uru‘glikni sifatli tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Tayyorlangan boshokli don ekinlarining uru‘glari sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha Davlat andozasi talablariga to‘liq javob berishi lozim. Uru‘gning tozaligi, unuvchanligi, namligi, ming donasining o‘g‘irligi va boshkalar hisobga olinadi.
  • Oziqlantirish: Bug‘doydan yuqori don hosili yetishtirishda mineral o‘g‘itlar bilan bir katorda organik o‘g‘itlar ham katta ahamiyatga ega. Tuprok unumdorligini oshirishning eng muhim vositalaridan biri bu almashtlab ekish tizimida go‘ng va boshka organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish hisoblanadi.
  • Sug'orish: Sug'orish g'allachilikda muhim agrotexnik tadbirlardan biri bo'lib, kuzgi bug'doy don hosilini 50-60% ga, qurg'oqchilik yillari esa qariyb 2-3 barobar ortishini ta'minlaydi. Birinchi sug'orish turi ekishdan oldin namiqtirib sug'orish bo'lib, o'simlikning ildizlari yaxshi rivojlanib, maysalarning o'z vaqtida kiyg'os unib chiqishiga imkon beradi.
  • O’simliklarni himoya qilish: Galla maydonlarida uchraydigan begona o’tlarga qarshi kurash quydagicha tabakalashgan holda o’tkaziladi: Erta bahorda gallaning tuplash fazasida birinchi navbatda unib chiqadigan efemer begona o’tlarning botanik tarkibini o’rganilib 100% kimyoviy ishlov beriladi. Kechroq unib chiqadigan ko’p yillik va bir yillik (sho’ra, pechak) hamda boshoqli (yovvoyi suli, tak-tak) begona o’tlarga kechroq ishlov beriladi.