Чорвачиликда ресурстежамкор технологиялари бўйича тавсиялар (Самарқанд вилояти учун)
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan chop etilgan ushbu qo‘llanma Samarqand viloyatining tabiiy-iqlim sharoitida chorva mollarini parvarishlash va ularning nasl va mahsuldorlik xususiyatlarini oshirishga qaratilgan resurs tejovchi texnologiyalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Qo'llanmada qoramolchilik, qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Naslchilik ishi: Chorvachilikni rivojlantirish, mol bosh sonini oshirish, zotlarni yaxshilash, nasldor mollarni import qilish va selektsiya ishlarini olib borish.
- Sut yo'nalishidagi qoramollar: Qora-ola zotining xususiyatlari, sut mahsuldorligi, ozuqaga moslashuvchanligi va naslchilik ishlarining ahamiyati.
- Tula qiymatli oziqlantirish asoslari: Mollarni oziqlantirishning ahamiyati, ozuqa bazasini yaratish, silos tayyorlash va ozuqa sifatini oshirish.
- Buzoqlarni parvarishlash: Sog'lom buzoqlar yetishtirish, ozuqa ratsionini tuzish, profilaktika tadbirlarini o'tkazish va poda to'ldirish.
- Qoramollarni asrash: Molxonadagi mikroiqlim, haroratning ta'siri, yozgi va qishki parvarishlash.
- Qo'ylarni parvarishlash: Qo'y zotlari, poda tarkibi, oziqlantirish ratsioni va yaylovlardan foydalanish.
- Echkilarni oziqlantirish va asrash: Echkilarni yaylovda boqish, qishki oziqlantirish va naslchilik ishlari.
- Yilqichilik: Nasldor ayg'irlarni parvarishlash, oziqlantirish va bo'g'oz biyalarni saqlash.
- Aholi xonadonlarida tovuq boqish: Tovuq zotlari, broylerlarni yetishtirish, inkubatsiya va kasalliklarni oldini olish.
- Asalarichilik: Asalarichilikni rivojlantirish, asalarilar zotlari, bahorgi parvarish, oilani shakllantirish, oziqlantirish va kasalliklarga qarshi kurash.