Қорақалпоғистон республикасида сабзавот, полиз ва картошка экинларини етиштириш агротехнологияси бўйича тавсия

Ushbu kitob Qoraqalpog‘iston Respublikasida sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasiga bag‘ishlangan. Unda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining navlari, ularni yetishtirish texnologiyasi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari haqida ma'lumot berilgan.

Asosiy mavzular

  • Ekin maydonlarining sho'rini yuvish: Ekin maydonlarining sho'rlanganligi sababli tuproqni sho'rini yuvish muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Sho'r yuvishning maqbul muddati 1-10 dekabr. Amudaryo suvi yaxlashi yoki yetishmasligi sababli shor yuvish muddati erta bahorda o'tkazilishi mumkin.
  • Pomidor yetishtirish: Pomidor o'simligi bo'z, o'tloq va o'tloq-botqoq tuproqlarda yaxshi o'sadi. Pomidorning mahalliy sharoitda yaratilgan TMK-22, O'zbekiston-178, Sharq yulduzi, Sitora, Istiqlol, Darxan, chet davlatlarning Volgogradskiy 5/95, Rio-grande, Riol fuego, Sulton F1 nav va duragaylarini ekishga tavsiya etiladi.
  • Shirin qalampir va baqlajon yetishtirish: Shirin qalampir va baqlajon o'simligi bo'z, o'tloq va o'tloq-botqoq tuproqlarda yaxshi o'sadi. Shirin qalampirning mahalliy ertapishar Nargiza, Tong, Jayxun F1, o'rtapishar Zarya Vostoka, Dar Taskenta va chet mamlakatlarni Texas F1, Djеmini F1 nav va duragaylarini ekish tavsiya etiladi. Baqlajonning mahalliy Avrora, Surxon go'zali, Feruz, Zamin F₁ hamda chet mamlakatlarni Almaz, Pantera F1, Fabina F1 nav va duragaylarini ekish tavsiya etiladi.
  • Bodring yetishtirish: Bodring ekini unumdor, organik moddalarga boy, nam sig'imi yuqori, sizot suvlari yuza joylashgan yerlar tanlanadi. Bodringning mahalliy Ranniy - 645, O'zbekskiy 740, Zиlol, Navro'z navlari va chet mamlakatlarni duragaylaridan Allians F1, Regal F1, Evelinlar ekishga tavsiya etiladi.
  • Oq bosh karam yetishtirish: Karam organik moddalarga boy, salqin, suv sig'imi yaxshi o'g'itlangan qoramtir o'tloq yerlarda yaxshi o'sadi. Oq bosh karamni ertapishar chet el Lion G1, Parelel G1, Burbon G1, Nazomi G₁ duragaylari va mahalliy o'rtapishar Tashkentskaya 10, Saratoni, kechpishar Sudya Uzbekskiy navlari ekishga tavsiya etiladi.
  • Piyoz yetishtirish: Piyoz uchun mexanik tarkibi engil bo'lgan qumoq va qumloq tuproqlar yaxshi hisoblanadi. Piyozni mahalliy sharoitda yaratilgan ertapishar Oq dur va chet mamlakatlarni Karatalskiy, Kaba-132, Leone, Volf F1, Rodar F₁ nav va duragaylarini ekish tavsiya etiladi.
  • Sabzi yetishtirish: Sabzi o'simligi boshqa sabzavotlar kabi tuproq unumdorligiga, asosiy oziqa elementlariga talabchandir. Sabzini mahalliy ertapishar Mshak-195, o'rtapishar Mirzoi sariq-304, Mirzoi qizil -228, Farovon va chet mamlakatlarni Nantskaya 4, Shantane-2461, Karson F1, Red Kor F₁ nav va duragaylari ekishga tavsiya etiladi.
  • Osh lavlagi yetishtirish: Osh lavlagi dastlabki paytlarida juda sekin o'sadi va begona o'tlar bosib ketadi. Osh lavlagini mahalliy Diyor, Yagona va chet mamlakatlarni Bordo 237, Bikores navlari ekish uchun tavsiya etiladi.
  • Sholg'om va turp yetishtirish: Sholg'omning Muyassar navini ekish tavsiya etiladi. Turpni Marg'ilon mahalliy, Andijon 9 navlari va yapon turpini (daykon) Sodiq va Kuz xadyasi kabi navlari rayonlashtirilgan.
  • Qovun va tarvuz yetishtirish: Poliz ekinlariga qovun, tarvuz va qovoq o'simliklari kiradi. Qovun navlari: ertapishar Handalak ko'kcha-14, Mahalliy sariq handalak, erta - o'rtapishar Rohat, o'rtapishar Suyunchi-2, Oltin vodiy, kechpishar To'yona, Qara kant mestnaya, Amudaryo, Gurbek mestniy, Gurlan navlaridir. Tarvuz navlari: ertapishar O'rinboy, erta-o'rtapishar Dilnoz, Sharq nemati, kechpishar Xait qora, Uzbekskiy 452 va chet mamlakatlarning Krimstar F1, Ledi F1, va Krimson Svit nav va duragaylari rayonlashtirilgan.
  • Kartoshka yetishtirish: Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlarida yetishtirish uchun quyidagi kartoshkani navlari tavsiya etiladi: chet mamlakatlarning Kondor, Marfona, Romano, Kuroda, Sante, Aladin, Arinda, Diamant, Pikasso va boshqalar hamda mahalliy: To'yimli, Umid 2, Sarnav.
  • Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararkunandalari, kasoalliklari va ularga qarshi kurash choralari: Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari haqida ma'lumotlar berilgan.