Карп туридаги балиқларини поликультура усулида етиштириш асослари
Ushbu kitob Qashqadaryo viloyati baliqchilik xo‘jaliklarida karp turidagi baliqlarni polikultura usulida yetishtirishning asosiy jihatlariga bag‘ishlangan. Unda baliqchilikni rivojlantirishning ilmiy-tajriba stansiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar, xususan, tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, biotexnologik tadbirlar majmuasi keltirilgan. Kitobda sun'iy havzalardagi ozuqa tizimlari, biotexnologik choralar, ozuqa bazasini yaxshilash, kasalliklarni oldini olish va davolash kabi masalalar yoritilgan. Shuningdek, kitobda viloyat sharoitida qanday baliq turlarini yetishtirish maqsadga muvofiqligi hamda asosiy texnologik bosqichlar haqida ma'lumot berilgan.
Asosiy mavzular
- Hovuzdagi ozuqa bazasi tizmalari: Hovuzning ozuqa захиралари, Автотроф ва гетеротроф организмлар, фитопланктон, зоопланктон, бактериялар ва бентос организмлар таркиби, уларнинг ахамияти, ва балиқларнинг озиқланиш хусусиятлари.
- Hovuz ozuqa tizmasida yetishtiriladigan baliqlar: Трофик поғоналар ва озуқа тизмаси хақида тушунчалар, Сув ўсимликларининг аҳамияти, Қашқадарё вилояти учун қайси балиқ турларини етиштириш мумкинлиги.
- Asosiy texnologik chora-tadbirlar: Hovuzlar menejmenti, hovuzlarni o'g'itlash, suv sifatini nazorat qilish, baliqlarni oziqlantirish, kasalliklarni oldini olish.
- Asosiy baliq yetishtirish bosqichlari: Nasl beruvchi to‘dani shakllantirish, sun’iy ko‘paytirish, baliq chavoqlarini o‘stirish, urug‘lik materialini qishlatish, tovar balig‘ini o‘stirish, marketing.