Карп туридаги балиқларини поликультура усулида етиштириш асослари

Kitobda O'zbekistonda, xususan Namangan viloyatida, karp turidagi baliqlarni polikultura usulida yetishtirish asoslari yoritilgan. Unda suv resurslaridan samarali foydalanish, baliq yetishtirishning biotexnologik tadbirlari, ozuqa bazasi, baliq turlari va ularni oziqlantirish usullari, kasalliklarni oldini olish va davolash, hamda asosiy texnologik bosqichlar haqida ma'lumot berilgan.

Asosiy mavzular

  • Hovuzdagi ozuqa bazasi tizmalari: Ushbu mavzuda suv havzasining ekotizimi, ozuqa zanjiri, avtotrof va geterotroflar, fitoplankton, zooplankton va bentos organizmlari haqida ma'lumotlar beriladi.
  • Hovuz ozuqa tizmasida etishtiriladigan baliqlar: Bu mavzuda ozuqa zanjirining roli, oʻtxoʻr va yirtqich baliqlar, Namangan viloyati sharoitida oʻsimlikxoʻr baliqlarni yetishtirishning afzalliklari, oq doʻngpeshona, oq amur va chipor doʻngpeshona baliqlarining ahamiyati haqida maʼlumotlar keltirilgan.
  • Asosiy texnologik chora-tadbirlar: Hovuzlarni boshqarish, oʻgʻitlash, suv sifatini nazorat qilish, baliqlarni oziqlantirish va kasalliklarni oldini olish kabi texnologik tadbirlar haqida ma'lumot beriladi.
  • Asosiy baliq etishtirish bosqichlari: Nasl beruvchi toʻdani shakllantirish, sunʼiy koʻpaytirish, chavoqlarni oʻstirish, urugʻlik materialini yetishtirish, qishlatish, tovar baliqlarini oʻstirish va marketing kabi bosqichlar yoritiladi.