Нефт ва газ кимёси
Ushbu kitob neft va gaz sohasiga oid bo'lib, unda kimyoviy tarkib, fizik xususiyatlar, qayta ishlash usullari, yangi materiallar sintezi, ekologik muammolar va texnologiyalar batafsil yoritilgan. Kitob talabalar, o'qituvchilar va sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Neft va gaz sanoati haqida ma'lumot: Neft va gaz sanoatining O'zbekistonda rivojlanish tarixi, asosiy korxonalar, istiqbolli loyihalar va sohada faoliyat yuritayotgan olimlar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Neft va gazning paydo bo'lishi: Neftning kelib chiqishi haqidagi turli nazariyalar, organik va anorganik genezislar, kosmik kelib chiqish gipotezalari batafsil tahlil qilingan.
- Neft va gazning umumiy xossalari va klassifikasiyasi: Neft va gazning kimyoviy tarkibi, fizik xossalari, asosiy elementlar va ularning birikmalari, shuningdek, ularni tashkil etuvchi elementlarning miqdori batafsil yoritilgan.
- Neft va gazni qayta ishlashda qo'llaniladigan gaz qonunlari: Gaz holati uchun Boyle-Mariotte qonuni, Gey-Lyussak va Sharl qonunlari, Avogadro qonuni, ekvivalentlar qonuni (Dalton qonuni) va h.k.
- Neft va neft mahsulotlarining xossalari: Neft va neft mahsulotlarining zichligi, molekulyar massasi, fraksion tarkibi, harorat ta'siri, tozalash usullari va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari batafsil bayon etilgan.
- Neft va gazni komponentlarga ajratish usullari: Neft va gaz tarkibiy qismlarini ajratishning turli usullari, jumladan, haydash, rektifikatsiya, ekstraksiya, absorbsiya, adsorbsiya va kristallash usullari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda tekshirish: Neft va gaz mahsulotlari tarkibini tekshirishning turli fizik-kimyoviy usullari, jumladan, spektroskopiya, xromatografiya va boshqalar batafsil tahlil qilingan.
- Neft alkanlari: Neft tarkibida mavjud bo'lgan alkanlar, ularning tasnifi, fizik va kimyoviy xossalari, olish usullari va ishlatilishi o'rganilgan.
- Neft sikloalkanlari: Sikloalkanlarning neft tarkibidagi o'rni, tuzilishi, xossalari, manbalari va ishlatilish sohalari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Arenlar va neftning gibrid uglevodorodlari: Arenlarning turli xil ko'rinishlari, neftda uchraydigan turlari, xossalari, kimyoviy sintezdagi roli va ishlatilish sohalari batafsil tahlil qilingan.
- Neftni qayta ishlashda hosil bulgan tuyinmagan uglevodorodlar: Neftni qayta ishlash jarayonida hosil buladigan olefinlar, dienlar va atsetilenlar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Neftning geteroatomli birikmalari va ma'danli (mineral) komponentlari: Neft tarkibidagi oltingugurt, kislorod va azot saqlagan birikmalar, shuningdek, mineral komponentlar batafsil yoritilgan.
- Neft uglevodorodlarining termik uzgarishlari: Neft uglevodorodlarining termik parchalanishi, piroliz, kreking va koks hosil bo'lishi jarayonlari batafsil bayon etilgan.
- Neftni qayta ishlashda gidrogenlash jarayonlari: Gidrogenlash jarayonlarining tasnifi, neftni gidrotozalash, gidrokreking va boshqa gidrogenlash jarayonlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Neft maxsulotlarini tozalash: Neft maxsulotlarini tozalash usullari, kimyoviy, adsorbsion va katalitik tozalash usullari batafsil o'rganilgan.
- Yoqilgi va moylar asosiy turlariniing tarkibi va ekspluatatsion xossalari: Benzinlar, havo reaktiv dvigatellari uchun yoqilg'ilar, dizel yoqilg'ilar va boshqa neft maxsulotlarining xossalari batafsil keltirilgan.
- Nеft Еkilgilari va moylarga Qo'ndirmalar: Neft eqilgilari va moylarga qo'shiladigan, xossalari yaxshilovchi qo'shimchalarning turlari va ta'siri yoritib berilgan
- Neft va gazdan olingan maxsulotlar tarkibini tekshirish usullari: Neftda uchraydigan organik moddalarni tekshirish, guruhlarga ajratish hamda sifati va miqdori bo'yicha aniqlash usullari keltirilgan
- Ekologiya bulimi: Atrof muhitning ifloslanishi, neft kimyosining atrof muhitga ta'siri va bu ifloslanishlarning oldini olish yullari ham batafsil ma'lumot berilgan