Спорт турлари бўйича мусобақаларни ташкил этиш ва хакам тайёрлаш методикаси
Ushbu kitob jismoniy tarbiya va sport sohasida ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, sport tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish, hakamlik qilish metodikasini o'rgatishga qaratilgan. Unda sport musobaqalarining nazariy asoslari, turli sport turlari bo'yicha musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish usullari, musobaqa nizomlari, hakamlik qilish qoidalari kabi masalalar batafsil yoritilgan. Kitobda amaliy mashg'ulotlar, seminar mashg'ulotlari, nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari ham o'rin olgan.
Asosiy mavzular
- Gimnastika sport turlari bo'yicha musobaqalar: Gimnastika sport musobaqalarini tashkil etish va hakamlik qilishning dolzarbligi, maktabgacha ta'lim muassasalarida gimnastika sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish, gimnastika sport turlari bo'yicha musobaqalarni tashkil etish va hakamlik qilishning mazmuni.
- Yengil atletika sport turlari bo'yicha musobaqalar: O'rta maxsus hamda oliy o'quv yurtlarida yengil atletika sport musobaqalarini tashkil etish tushunchasi, rejalashtirish va o'tkazish, sport musobaqalari va «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari bo'yicha talablarni qabul qilish.
- Sport tadbirlarida harakatli o'yinlarni tashkil qilish va quvnoq startlar musobaqasini o'tkazish: Sport tadbirlarida harakatli o'yinlarni tashkil qilish va o'tkazish, sport o'yinlari bo'yicha musobaqalar maqsad va vazifalariga qarab turlari, musobaqalar to'g'risida Nizom.
- Sport o'yinlari (futbol, voleybol, basketbol va qo'l to'pi) bo'yicha musobaqalarni o'tkazish usullari va hakamlik qilish: O'quvchilarning sinfdan tashqari bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, bolalar o'rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini olib borish uchun eng qulay sharoit, musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazishning qulay vaqti.
- Milliy kurash turlari bo'yicha musobaqalar tashkil qilish va hakamlik qilish: Qadimda kurashning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi, tasniflash, tizimlashtirish va atamalar tushunchalarining ta'rifi, texnika, taktikalar, mashqlar, trenirovka vositalarini tasniflash.