Фалсафа

Ushbu kitob falsafaning mohiyati, rivojlanishi, asosiy bosqichlari va yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. Unda falsafaning predmeti, mazmuni, jamiyatdagi roli, dunyoqarash va uning shakllari, bilish nazariyasi kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Falsafaning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli: Falsafaning mohiyati, uning paydo bo‘lish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun inson dunyoqarashidan boshlash lozimligi ta‘kidlanadi. Falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish - inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlashi, uning mohiyati va Yerda paydo bo‘lish tarixi haqida gapirish demakdir.
  • Dunyoqarashda shaxsning roli: Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllana boshlaydi va rivojlanadi. Shu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi.
  • Dunyoni sezish: Bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunday optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplar kelib chiqadi. Dunyoni idrok etish atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni tushunish insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlashga, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
  • Asosiy dunyoqarash shakllari: Mifologik dunyoqarash, diniy dunyoqarash, falsafiy dunyoqarash. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din bo‘lib, bu hol insinnyotning tadrijiy rivojlanishining umumiy mantig‘i bilan mushtarakdir.
  • Falsafaning asosiy masalalari: Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning ma‘nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta‘limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini ko‘ramiz
  • Falsafiy bilishning tuzilishi: Falsafa o‘z shakllanishi va rivojlanishining qadimigi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek sababiy bog‘lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va oqililonalik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari:ontologiya, gnoseologiya, ijtimoiy falsafa, axioologiya, falsafiy antropologiya.