Kostyumbop matodan erkalar klassik uslubidagi pidjagining yangi modeli konstruksiyasini ishlab chiqish va texnologik ishlov berish jarayonini modernizatsiyaalsh

Ushbu bitiruv malakaviy ishi erkaklar zamonaviy pidjaklarining yangi modellarini yaratish, konstruksiyasini ishlab chiqish va texnologik ishlov berish jarayonini modernizatsiyalashga bag‘ishlangan. Ishda tayyor kiyimning sifatini yaxshilash, mahsulot tannarxini kamaytirish va ish unumdorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, turli xil jihozlar, materiallar va texnologik jarayonlar tahlil qilingan hamda ishlab chiqarish oqimini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Konstruktorlik qismi: Zamonaviy moda yo‘nalishlari asosida kiyim modellarini tanlash, kiyimga qo‘yiladigan asosiy talablar, loyihalanayotgan kiyim uchun materiallar tanlash va asoslash, kiyimni konstruksiyalash usulini tanlash va asoslash, kiyimning asosiy detallari andazalarini tayyorlash, material sig‘imligini aniqlash.
  • Texnologik qism: Yuqori unumli jihozlar tanlash asosida buyum ishlab chiqish jarayonini modernizatsiyalash, oqim turini tanlash, buyumning texnologik ketma-ketligini tuzish, tikuv oqimining texnologik sxemasi, materiallar sarfi, mehnat unumdorligi va boshqa texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
  • Tashkiliy-iqtisodiy qism: Rejalashtirish kalkulyatsiyasi, kapital xarajatlar, buyum tannarxining o‘zgarishi, iqtisodiy samaradorligini hisoblash, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar.