Шарқ яккакураш турларида дастлабки тайёргарлик жараёнларини ташкил этиш

Ushbu magistrlik dissertatsiyasi Sharq yakkakurash turlaridan karate sportiga bag'ishlangan bo'lib, unda yosh sportchilarni tayyorlash jarayonlari, texnik va taktik tayyorgarlik, jismoniy sifatlarni rivojlantirish uslublari, hamda turli mashqlar va mashg'ulotlar rejalashtirilgan. Shuningdek maqolada sportchining salomatligiga, tibbiy nazoratga hamda dars mashg'ulotlarga jalb etish uslubiyatiga ahamiyat berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Sharq yakkakurash turlarining ahamiyati, karate sportining ommaviylashuvi va dolzarbligi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Karate sportining tarixi va ommaviylashib borishi: Karate sportining kelib chiqishi, rivojlanishi, O'zbekistonda ommalashuvi va bu sohadagi yutuqlar haqida tarixiy ma'lumotlar keltirilgan.
  • Karate sportining shakllanishining asosiy hususiyatlari: Karate-do asoschilari, oqimlari, asosiy maktablari va uslublari tahlil qilingan.
  • Karate sporti harakatlari texnikasining nazariy va amaliy asoslari: Harakat texnikasining biomekanik asoslari, zarbalar klassifikatsiyasi va ularni bajarish usullari, tana holati va harakat koordinatsiyasi masalalari ko'rib chiqilgan.
  • Karate da texnik va taktik hamda jismoniy tayyorgarlikni namoyish etish: Kata bo'limi bo'yicha chiqish qilish, hakamlar tomonidan baholash, musobaqalarda ishtirok etish tartibi haqida malumot berilgan
  • Yosh sportchilarni dastlabki mutaxassislik tayyorgarliklarini tashkil etish: Yosh sportchilar bilan ishlashda trenerning vazifalari, mashg'ulotlar rejalashtirish, jismoniy tayyorgarlikning turli vositalari va uslublari haqida ko'rsatmalar berilgan.