Pediatriya va bolalar gigiyenasi

Ushbu kitob "Pediatriya va bolalar gigiyenasi" fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun uslubiy qo'llanma bo'lib, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma bolalar organizmining o'ziga xosliklari, gigiyena talablari, kasalliklarni oldini olish va sog'lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni o'z ichiga oladi.

Asosiy mavzular

  • Bolalarning kun tartibi va gigiyenik baholash: Kun tartibining asosiy lahzalari va analizatorlarning yosh xususiyatlari, bolalar bog'chasi kun tartibini gigiyenik nuqtai nazardan tahlil qilish, ovqatlanish tarkibi, ochiq havoda bo'lish tartibi, uyquning tashkil etilishi, jismoniy tarbiya va chiniqtiruvchi mashqlar. Kun tartibiga qo'yiladigan gigiyenik talablar va ularning ahamiyati.
  • Tayanch-harakat apparatining tuzilishi va gigiyenik baholash: Tayanch harakat apparatining yosh xususiyatlari, maktabgacha ta'lim muassasalaridagi jihozlarni tanlash va joylashtirish, bolalarning to'g'ri o'tirishini baholash, skolioz va yassi tovonlikning oldini olish choralari.
  • Bolalar gigiyenik ta'lim-tarbiyasi: Gigiyenik ta'lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, bolalarga gigiyenik bilim berish usullari, shaxsiy gigiyena qoidalari, o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishning gigiyenik asoslari, kun tartibiga gigiyenik baho berish, uyquning muhim shartlari.
  • Salomatlikni saqlashda ovqatlanishning ahamiyati: Bolalar ovqatlanishining fiziologik asoslari, turli yoshdagi bolalarni vitaminlarga bo'lgan ehtiyoji, gipotrofiya va uning oldini olish, kunlik ratsionni tuzish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlariga qo'yiladigan talablar.
  • Baxtsiz hodisa va shikastlanishlarda birinchi yordam: Shikastlanish turlari, sovuq urishi, hushdan ketish, suyak sinishi, chiqish va boshqa baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko'rsatish qoidalari.
  • Maktabgacha ta'lim muassasalari xonalariga qo'yiladigan gigiyenik talablar: Xonalarning tabiiy va sun'iy yoritilishi, isitish tizimi, shamollatish, jihozlarga qo'yiladigan talablar, mebelni to'g'ri tanlash va joylashtirish.
  • Zararli odatlarni oldini olish: Tamaki chekish, alkogolizm, giyohvandlik va OITSning inson salomatligiga ta'siri, ularning oldini olish choralari.
  • Sog'lom va kasal organizm haqida tushuncha: Sog'lom bolaning belgilari, kasal bolaga yordam ko'rsatish, salomatlikka ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar, kun tartibiga rioya qilishning ahamiyati.