Оғир бош мия жароҳати билан бўлган беморларда мия ҳимоясини оптимизациялаш
Ushbu kitob og‘ir bosh miya jarohatlarida miyani himoya qilishning optimallashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda kranio-serebral gipotermiya usullarini takomillashtirish, o‘pka sun’iy ventilyatsiyasi rejimlarini differensial tanlash orqali bosh miya himoyasini optimallashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif miya qon aylanishining buzilish turlari, miya ichki gipertenziyasi darajasi va metabolik o‘zgarishlar kabi omillarni hisobga olgan holda intensiv terapiya usullarini ishlab chiqishga harakat qiladi.
Asosiy mavzular
- Kranio-serebral gipotermiya (KSG): KSGning turli usullari, jumladan, tashqi va perfuzion KSGning samaradorligi tajribalar asosida o'rganiladi. Perfuzion KSGning afzalliklari, miya haroratini tez va samarali pasaytirish qobiliyati ta'kidlanadi.KSG usullarini qo'llashda arterial (Sat2O2) va venoz (SatvjO2) qonlarining kislorod bilan to'yinishi, hamda kislorod bo'yicha arteriovenoz farqi bo'yicha miyani kislorod bilan ta'minlashga ta'siri o'rganiladi.
- O'pka sun'iy ventilyatsiyasi (O'SV): Og'ir bosh miya jarohati bilan bo'lgan bemorlarda O'SV turli tartiblari va KSG usullarining samaradorligi solishtiriladi. Miya qon aylanishiga (BMA) ta'siri, giperventilyatsiya (GV) usulining miya ishemiyasi va ikkilamchi shikastlanish xavfini oshirishi mumkinligi muhokama qilinadi.
- Miya ichki bosimi (MIB): MIBning o'zgarishi, uning miya qon aylanishi va metabolizmiga ta'siri, KSG usullari bilan MIBni pasaytirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. MIB giper va gipoperfuziya aniqlangan bemorlarda ayriqsa yuqori bo'lib, u nafaqat meyoriy ko'rsatkichlardan, balki miya qon tomirlari spazmi (p>0,05) bo'lgan bemorlardagi MIB darajasidan xam ancha yuqoriligi aniqlandi.
- Lipidlar peroksidlanishi (LPO) va antioksidant sistema (AOS): LPO intensivligi va AOS faolligining dinamikasi o'rganiladi. KSG usullarining LPO jarayonlariga ta'siri, xususan, perfuzion KSGning LPO darajasini pasaytirish va AOS faolligini saqlashga yordam berishi ta'kidlanadi.
- Transkranial dopplerografiya (TKDG): TKDG usuli orqali miya qon aylanishini baholash, qon tomirlar spazmi, giperperfuzyia va gipoperfuziya kabi buzilishlarni aniqlash, ularning klinik ko'rinishlar bilan bog'liqligi ko'rib chiqiladi.