Автомобил тўхташ жойлари ва гаражларни жойлаштиришни илмий асосда режалаштириш

Ushbu kitob avtomobil to'xtash joylari va garajlarning dolzarbligi, ularni rejalashtirishning ilmiy asoslari, O'zbekiston sharoitida qo'llaniladigan yechimlar va iqtisodiy samaradorligi masalalarini yoritadi. Unda avtomobil transportining rivojlanish tendensiyalari, to'xtash joylariga qo'yiladigan talablar, ularni tashkil etish prinsiplari hamda atrof-muhitga ta'siri kabi masalalar ham ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Avtomobil to'xtash joylari va garajlarga qo'yiladigan talablar: Ushbu bo'limda dastlabki ehtiyojlarni aniqlash asoslari, aholi yashash punktlari, ish joylari va xizmat ko'rsatish markazlarida avtomobil to'xtash joylari va garajlar, uzoq muddatli avtomobil to'xtash joylarida saqlash bo'yicha talablar o'rganiladi.
  • Avtomobil to'xtash joylari va garajlarni tashkil qilish: Ushbu bo'limda tashish tizimida avtotransportlarning o'rni, avtomobil to'xtash joylarida saqlash xizmatlari, avtomobil to'xtash joylariga joy tanlash, garaj va avtomobil to'xtash joylarini asbob-uskunalar bilan ta'minlash masalalari tahlil qilinadi.
  • Avtomobil to'xtash joylari va garajlarning iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari: Ushbu bo'limda avtomobil tizimi tarmoqlarining rivojlanish statistikasi, avtomobil to'xtash joylari va garajlarning iqtisodiy samaradorligi, atrof-muhit muhofazasi va to'xtab turuvchi transportlar muammosi, kelajakda transportlar tizimida avtomobil to'xtash joylari va garajlar masalalari yoritiladi.