Aholi joylashishi va tumanni ryejalashtirish. Shaharsozlik va aholi joylashuvi
Ushbu kitob aholi joylashuvi, shaharsozlik va hududlarni rejalashtirish masalalarini qamrab oladi. Unda aholi yashash joylarining turlari, shakllari, tizimlari, ularning tabiiy muhit bilan o'zaro bog'liqligi, shuningdek, hududlarni tahlil qilish va rejalashtirish asoslari ko'rib chiqiladi. Kitob shaharsozlik va arxitektura sohasidagi mutaxassislar, talabalar va qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Aholining yashash joylarining turlari: Aholi yashash joylarining turlari ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va uning tarmoqlarining kooperatsiyasiga bog'liq. Shuningdek, aholi yashash joylari iqtisodiy bazasining xususiyatlari va ularning kattaligi bilan belgilanadi: shahar va qishloq turlari.
- Aholi joylashishining shakllari: Aholi yashash joylari turining zichligi, ma'lum bir hudud chegarasida o'zaro joylashishi xususiyatlariga hamda aholi yashash joylari orasidagi aloqa turlarining rivojlanish darajasiga bog'liq. Aholi yashash joylari o'rtasida aloqalarning turli ko'rinishlari shakllanmoqda.
- Aholi yashash joylarining tizimi: Aholi yashash joylarining tizimi (ART) aholi yashash joylari bir-birlaridan uzoq joylashgan, ular o'rtasidagi kommunikatsiyalar rivojlanmagan transport aloqalari kuchsiz rivojlangan, aholi yashash joylari bir-birida ajralgan holda rivojlanadi, funksional aloqalar kuchsiz va turg'un bo'lmaydi. Aholi yashash joylarining guruhli tizimi (AGT) esa, ular guruh tashkil etadilar.
- Aholi joylashishi va tabiiy muhit: Aholi joylashishiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillar iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoit; sanoat ishlab chiqarish uchun baza hisoblangan foydali qazilmalar va yoqilg'i - energetika resurslari; transport kommunikatsiyalarining rivojlanishuvini belgilab boruvchi tabiiy shakl.